7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

7.5. Siyosiy iqtisodiyot 
Aytib o’tilganiday, bozorni hukumat ta’sirisiz qoldirish har doim ham qoniqarli 
resurs taqsimotiga olib kelmaydi. Biz bozor natijalarini nohaq yoki samarasiz deb baho 
berganimizdagina, hukumatning aralashishi va vaziyatni yaxshilashi o’rinli bo’lishi 
mumkin. Faol hukumat tarafdori bo’lishdan oldin, biz uning nomukammal tashkilot 
ekanligini yodda tutishimiz lozim. Siyosiy iqtisodiyot esa shu hukumatni qanday 
ishlashini iqtisodiy metodlar orqali o’rganadi.
Kondorset ovoz berish paradoksi  
Ko’pgina yetakchi jamiyatlar demokratik asoslarga tayanib siyosatni olib 
borishadi. Masalan, Shahar ikki joydan qaysi biriga park qurishni tanlaydigan bo’lsa, 
eng ko’p ovoz olgan joyda shu park quriladi. Shunga qaramay, ko’pgina siyosiy 
muammolarning yechimi 2 tadan ko’p bo’ladi, va park qurish muammosiga 
to’girlaydigan bo’lsak, qurish mumkin bo’lgan joylar juda ko’p bo’ladi. Bu holatda
XVIII asrning mashxur siyosat nazariyachisi Markis de Kondorset aytib o’tganiday, 
demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman deb muammolarga yuz tutishi 
mumkin.
Masalan, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan 3 xil natija bor: A, B va C, yana jadvalda 
ko’rsatilganiday o’z afzalliklariga ega bo’lgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. Bizning 
shahar hokimi shu uch kishining afzalliklarini butun jamiyat afzalligi sifatida ko’rib 
chiqmoqchi. U nima qilishi kerak?
Birinchi bo’lib u juft natijalarni ovozga qo’yishi mumkin. Agar u B va C ni ovozga 
qo’ysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikga ega. Agar u A va C ni ovozga 
qo’ysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikga ega. Natijalarga nazar tashlansa, A 
Bdan ustun, B esa C dan ustun, demak A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikga ega 
bo’lgan hohishi.
Lekin, tasavur qilingki keyinchalik hokim ovoz beruchilardan A yoki C ni 
tanlashni so’rasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishdi, C bu holatda ustunlikga ega. 
Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C esa Adan 
ustun. Odatda biz afzalliklarni ketma-ketlik(transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B 
dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ni C dan ustunligini ko’rsatadi. Kondorset 
paradoksi esa aynan shu hususiyatlarni demokratik yo’l bilan qabul qilingan naijalarda 
har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi. Juftlik bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda 
jamiyat uchun ketma-ketlikda tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi, ammo bizning 
holatimizda bu noto’g’ri yo’ldir.
Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikni tuzilishi, berilgan 
ovozlar natijasiga ta’sir ko’rsatishidadir. Agar hokim birinchi bo’lib ovozga A va B ni 


qo’ysa, va keyin yutganini C bilan ovozga qo’ysa C g’olib chiqadi. Ammo birinchi 
bo’lib B va C ni ovozga qo’yilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga 
qo’ysa, A yutadi. Va shunga o’xshash holar, birinchi A va C, keyin esa B bo’lsa , shahar 
B ni tanlaydi.
Kondorset paradoksi ikki xulosaga ega. Birinchisi, muammo ikkidan ortiq 
natijaga ega bo’lsa, ketma-ketlikni qay tarzda tuzilishi demokratik ovoz berishning 
yakuniy natijasiga katta ta’siri bor. Ikkinchisi esa, o’zi ovoz beruvchilarning asosiy 
qismi(ko’pchilik) bizga jamiyatni rostan nimani istashini aytib bermaydi. 
Kondorset paradoksi Agar ovoz beruvchilarda A, B va C chiquvchilar ustidan 
shunday ufzalliklarga ega bo’lsa, unda A Bdan ustun keladi, B, Cdan ustun keladi va C , 
A dan ustun keladi. 
7.5-jadval

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling