7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


-rasm. saylovchilar va budjetlar taqsimlanishini


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

 
7.4-rasm. saylovchilar va budjetlar taqsimlanishini 
Kondorset ovoz berish paradoksi haqida o’ylayotgan bo’lsangiz, yuqoridagi 
holatda har bir odam bir paytda qatorda o’zining ajrata oladigan mablag’iga ega, va bu 
paradoksni keltirib chiqarmaydi. O’rta ovoz beruvchining eng yoqtirgan natijasi 
qolganlarnikidan ustun.
Bu teoremani bir tomoni mavjuddir. Masalan, hukumatda ikkita siyosiy partiya 
o’rta ovoz beruvchilarni ular tomondagi sonini ko’paytirishga intilganida sodir bo’ladi. 
Demokratik partiya va Respublikachilar partiyasi misolida oladigan bo’lsak, 
Demokratlar 15 mlrd liklar tarafdori bo’lib chiqdi, Respublikachilar 10 mlrd liklarni 
tarafdori bo’lib chiqdi. Yuqorida ko’rganimizday o’rta ovoz beruvchilar (10mlrd) 
ko’pchilikni tashkil qilishdi, va Demokratlar o’zining 15 mlrd ni 10 mlrdga tushiradi. 
Hayotda ham huddi shunday, siyosiy partiyalar o’rtahol aholini tarafini olishga harakat 
qilishadi.
Yana bir holar mavjuddir. Unda, ovoz beruvchilarni ikki xili mavjud. Masalan, 
pulni park qurishga sarflashni hohlovchilar 40%, va pulni umuman sarflanishini 
hohlamaganlar 60%. Bu holatda, o’rta ovoz beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada 
ham shunday, kompramisga kelish o’rniga, ko’pchilik qoidasi qollaniladi va o’rta ovoz 
beruvchilar har doimgiday o’zi istaganiga erishishadi. 
Siyosatchilar ham odamlar 
Iqtisodisodchilar Iste’molchilar xulqini o’rganganida, ular haridor o’ziga eng 
katta naflilik darajasini beradigan tovar yoki hizmat turini tanlaydi deb faraz qilishadi. 


Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini o’rganadigan bo’lsa, u firmalarni eng katta 
daromad olib keladigan hizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi deb faraz qiladi. Nima deb 
o’ylaysiz, iqtisodisodchilar, siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday qilib 
o’rganishadi?
Siyosatchilar ham o’z maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va 
tinchligini o’ylab yashashadi va tenglikga harakat qilishadi deb faraz qisak yaxshi 
bo’lardi. Yaxshi bo’lardiyu , ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va firmalar kabi 
siyosatchilar uchun o’zining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar, yana bir bor 
saylanish umidida xalqga jon kuydirib qattiq harakat qiladi. Ba’zi bir siyosatchilarning 
jon kuydirishiga sabab, nafsdir. Agarda bunga qarshi bo’lsangiz, dunyuning qashshoq 
davlatlariga nazar tashlang, va u yerda korupsiyani oddiy holga aylanib qolganini 
ko’rasiz.
Bu kitob siyosiy nazariyalarni o’rganib chiqmaydi, ammo shuni aytib o’tish 
kerakki, barcha qabul qilinadigan qonunlar odamlar tomonidan qabul qilinadi va 
ularning barchasi ham jamiyatni o’ylab qabul qilinmagan bo’lishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling