7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

huquqiy shaklini ifodalaydi. 
Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, 
xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk 
tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi. 
Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, 
bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, 
jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini amalga 
oshirishga ko‘maklashadi. 
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko‘rinishida ularning egalari, ya’ni 
xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo‘ladilar. Masalan, ochiq 
turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish 
huquqiga egalar hamda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishda ham o‘z aksiyalari 
miqyosida ishtirok etadilar. 
Xo‘jalik o‘rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan 
bo‘lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib 
berilgan. 
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular 
ishonch asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil qilinishi 
mumkin. 
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik 
faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan o‘rtoqliklar - 
to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi. 
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro 
xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo 
bo‘ladi. 


Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati 
cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom 
jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga 
bo‘lingan bo‘ladi. 
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar 
bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar 
ko‘rishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari 
mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Nizom jamg‘armasi aksiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati 
hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javobgar 
bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati doirasida zarar 
ko‘rishlari mumkin. 
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aksiyalarga 
taqsimlanishi; aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aksiyalar 
qiymati hajmida cheklanganligi; aksiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini 
osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy 
boshqaruv vazfalarining xo‘jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi 
va hokazolar. 
Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini 
jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish 
maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli 
tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda 
kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. 
Kooperatsiya jarayonida konsern, konsorsium, xo‘jalik asotsiatsiyasi kabi 
tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy 
birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo‘shma 
faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks 
ettiradi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling