7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa muddatli oraliq
- Uzoq muddatli oraliq
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga
foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi. Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi. Firmaning qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. Firmaning ishlab chiqarishi va xarajatlari to‘g‘risida gapirganda ularni ikki xil vaqt oralig‘ida qarash lozim, qisqa muddatli va uzoq muddatli. Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig‘iki, firma bu oraliqda faoliyat ko‘rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o‘zgartira olmaydi. Bunday omilga o‘zgarmas ishlab chiqarish omili deyiladi. O‘zgarmas omil sifatida firma kapitali - ishlab chiqarish quvvati hisoblanadi. Masalan, firma kapitalidan foydalanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. YAngi zavod qurish uchun, birinchi navbatda uning loyihasi ishlab chiqiladi, uskuna va texnologik liniyalar sotib olinadi va o‘rnatiladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi (kamida bir yil). Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o‘zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o‘zgaradi va bunday resurslarga o‘zgaruvchan resurslar deyiladi. Qisqa muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o‘zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar har-xil mahsulotlar uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilgan. Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo‘lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izohlash mumikn. Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling