7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari
Adolat haqida qayg’uradigan insonlar
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti
Adolat haqida qayg’uradigan insonlar
Insonlar fe’l-atvorini tushunishda ultimatum o’yin deb ataluvchi tajribani misol qilib ko’rsatamiz. O’yin bunday bo’lsin: 2 nafar ko’ngillilarga (bir-biriga mutlaqo begona bo’lgan) bir o’yin o’ynashni va umumiy holda 100$ yutib olishlari mumkinligi aytiladi. O’yin ko’ngillilarni A o’yinchiga va B o’yinchi rollariga belgilash uchun tanga tashlash bilan boshlanadi. A o’yinchining vazifasi 100$ ni o’zi va boshqa ishtirokchi o’rtasida taqsimlashni taklif etishdir. A o’yinchi o’zining taklifini bildirgandan so’ng, B o’yinchi bunga rozi bo’ladimi yo’qmi qaror qiladi. Agar B o’yinchi taklifni rad etsa, ikkala o’yinchi ham hech narsasiz qolishadi. Ikkala holatda ham o’yin tugaydi. Davom etishdan avval shoshmang va siz bu vaziyatda nima qilishingizni o’ylab ko’ring. Agar A o’yinchi bo’lganingizda 100$ni qanday bo’lishni taklif etardingiz? Agar B o’yinchi bo’lganingizda qanday taqsimotga rozi bo’lardingiz? Odatdagi iqtisodiy nazariyalar bu vaziyatdagi ratsional odamlarni yirik maksimalistlar deb taxmin qilishadi. Bu taxmin oddiy bashoratga olib keladi: A o’yinchi o’zi 99$ va B o’yinchi 1$ olishini taklif etishi lozim va B o’yinchi taqsimotga rozi bo’lishi lozim. Bitta taqsimot bajarilgandan so’ng, B o’yinchi toki undan nimadir olishni bilsa, uni qabukl qilishga imkoni mavjud bo’ladi. Bundan tashqari A o’yinchi taqsimotga rozi bo’lish B o’yinchining foydasiga ekanini biladi va A o’yinchida 1$ dan ko’p taklif qilishga sabab yo’q. O’yin nazariyasining tilida (17-bobda yoritilgan) 99-1 taqsimot bu Nash muvozanati hisoblanadi. Tajribali iqtisodchilar to’g’ri odamlardan ultimatum o’yinni oy’nashni so’rashganlaridan beri natijalar bu bashoratdan farqlanadi. B rolidagi insonlar odatda ularga faqatgina 1$ berishgani yoki shunga o’xshash kam mablag’ berishgani uchun taqsimotni rad etadi. Buni oldindan bilib A o’yinchi rolidagi insonlar B o’yinchiga 1$ dan ko’proq berishni taklif etadi. Ba’zi insonlar 50-50 taqsimlashni taklif etadi, lekin A o’yinchilar ko’proq o’zlariga ko’proq qismni olib qolib, B o’yinchiga 30$ yoki 40$ mablag’lar taklif qilishadi. Bu vaziyatda B o’yinchi bu taqsimotga rozi bo’lishadi. Bu yerda nima yuz berayapti? Buning tabiiy izohi shuki insonlarni adolatlilikning ba’zi tug’ma tuyg’lari boshqaradi. 99-1 taqsimoti ko’pchilik odamlar uchun juda nohaqlikdek tuyiladi va buni rad etishadi, xatto o’zlarining zarariga ishlasa ham. 70-30 taqsimoti ham hanuz adolatsizlikdek lekin bu unchalik adolatsizlik emas va bu ularning normal shaxsiy manfaatlarini to’xtatishga majburlaydi. Xo’jalik va firmalar tabiatidagi bizning har tomonlama izlanishimizda adolatlilik tug’ma tuyg’usi hech qanday rol o’ynamaydi. Lekin ultimatum o’yini natijalari balkim shunday bo’lishi kerakligini taklif qiladi. Masalan, 18-19 mavzularda biz qanday qilib ish haqi ishchi kuchi talabi va taklifi orqali belgilanishini ko’rib chiqdik. Ba’zi iqtisodchilar firmalar ishchilariga pul to’lash adolatliligini rasmda ham kiritilishini taqdim etishgan. Shu sababli firmalarda yil juda foydali bo’lganida, (B o’yinchi kabi) ishchilar mukofot pullarini kutishlari mumkin. Xattoki standart muvozanat buni ko’rsatmasa ham. (A o’yinchi kabi) firmalar adolatlilik uchun ishchilariga o’rnatilgan muvozanat maoshdan ko’proq berishlari haqida qaror qilishi mumkin. Ishchilar firmalarni ishlashni sekinlashtirish, ish tashlash yoki vandalism bilan jazolashga harakat qiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling