sotuvchi o’z shaxsiy ma’lumoti, ya’ni uning mashinasi limon
ekanligini oshkor etib
qo’yadi. Xaridor narxni tushirishni so’rashi yoki boshqa mashinani ko’rishni afzal deb
bilishi mumkin.
Tekhirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil sug’urtasi bilan
shug’ullanuvchi tashkilotni ko’raylik. Tashkilot ehtiyotkor xaydovchilar uchun past
narxdagi badal va tavakkal xaydovchilar uchun yuqori badal narxlarini o’rnatishni
xoxlaydi. Lekin ularni qanday ajratish mumkin? Xaydovchilar
ular ehtiyotkor yoki
tavakkal xaydovchiliglarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan olishmaydi.
Xaydovchining tarixi bu birqancha ma’lumot (sug’urta
kompanialari undan
foydalanishadi) lekin avariyalarning tasodifiy sodir bo’lishini hisobga olgan holda
xaydovchining tarixi kelajakdagi xatarlardan habar beruvchi yaxshi indikator emas.
Sug’urta kompaniyasi ikki xil toifadagi xaydovchilarni ikki xil sug’urta
shartlarini o’rnatib, xaydovchilarni o’zini ozi ajratishiga undashi mumkin.
Birinchi
sug’urta shartlari yuqori badalli bo’ladi lekin u avariyadan ko’rilgan zararni to’liq
qoplab beradi. Boshqa sug’urta shartlari esa past narxdagi badalga ega bo’ladi lekin
misol uchun $1000 franshizaga ega bo’ladi.(bu degani haydovchi
zararning birinchi
$1000 ni to’lashi kerak bo’ladi, tashkilot esa qolgan zararni to’lab beradi) E’tibor
bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha tashvish bo’ladi, chunki ular
avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq.
Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor biroq past narxdagi badali bo’lgan
sug’urta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza bo’lmagan lekin
yuqori narxdagi badali
bo’lgan sug’urta tavakkal haydovchilarni qiziqtiradi. Bu ikki sug’urta shartlarini ko’rib
chiqib ikki toifadagi haydovchilar o’zlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib
oshkor etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: