7-mavzu: Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. Reja: Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash
Download 321.46 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash. 4.Tugallangan kontrakt bo’yicha tushuntiriladigan foyda. 5.Oraliq foydani hisoblash.
7-mavzu:Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. Reja: 1.Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. 2.Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash. 3.Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash. 4.Tugallangan kontrakt bo’yicha tushuntiriladigan foyda. 5.Oraliq foydani hisoblash. 1.Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. Boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda xarajatlarni hisobga olish va ularni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. To„g„ri, moliyaviy hamda ishlab chiqarish hisobi obyekti sifatida xarajatlar belgilangan tartibda hisobga olinadi va ularni tashkil etish hamda yuritish uchun o„rnatilgan shakllarda ular to„g„risida ma‟lumotlar turli xil hisobotlar, shuningdek jadvallar ko„rinishida shakllanadi. Lekin, boshqaruv hisobi – bu nafaqat o„tgan davr ko„rsatkichlarini hisobga olish va ularni tahlil qilishni, balki xo„jalik yurituvchi subyektning istiqboldagi ko„rsatkichlarini ham ko„ra bilishni, ularni oldindan boshqara olishni, tegishli vaqtlarda talab qilinadigan bo„lsa, ularning ayrim moddalariga o„zgartirishlar kiritib borishni ham talab qiladi. Shuning bilan birgalikda boshqaruv hisobida xarajatlar mohiyatiga to„g„ri baho berish va uni boshqaruv qarorlari ta‟siriga tushirish uchun, moliyaviy va ishlab chiqarish hisoblarida ularni hisobga olishda foydalaniladigan usullari va yondashuvlaridan ham foydalaniladi. Ana shunday usullardan biri - xarajatlarni hisobga olishning normativ usulidir. Dunyoning rivojlangan juda ko„p mamlakatlarda ham xuddi shunday yondashuv mavjud. Ammo, iqtisodiy adabiyotlarda xarajatlarni hisobga olishning normativ usulini – bu moliyaviy va ishlab chiqarish hisobini yuritishda foydalaniladigan usul, shuning uchun boshqaruv hisobi – bu ishlab chiqarish hisobi deb talqin qilinadigan noto„g„ri yondashuvlar ham mavjud. Bu usul chet mamalakatlarda juda ko„p ishlatilganligi uchun ham, juda ko„p mamlakatlarda uni qulay bo„lishi uchun "Standart-kost" tizimi, deb ham ataydilar. Boshqaruv hisobi manfaati jihatidan qaraladigan bo„lsa, oddiy qilib aytganda, "Standart-kost" tizimi boshqaruv tomonidan xarajatlarni rejalashtirish va ularni nazorat qilish uchun ishlatiladigan quroldir. U o„z o„zidan xarajatlarni hisobga olish tizimi sifatida ishlatilmaydi, jarayon bo„yicha tannarx hisob-kitob uslublari, yoki ularning har qanday kombinatsiyalarida buyurtma sifatida ishlatilishi mumkin. Xo„jalik yurituvchi subyekt «Standart-kost» tizimini to„liq qo„llaganda, sotilgan mahsulotlar tannarxi va zahira hisobiga ta‟sir etuvchi barcha xarajatlar amalga oshirilgan xaqqoniy xarajatlar ko„rinishida emas, balki oldindan aniqlangan xarajat yoki me‟yoriy ko„rinishda ifodalanadi. Xarajatlar xarakati va hisob tizimiga kiritilgan me‟yoriy xarajatlar «xarajat - hajm - daromad» ko„rsatkichlari bilan birgalikda byudjetlarni nazorat qilishda ma‟lumotlar manbaini ta‟minlaydi. Bu usuldan – xo„jalik yurituvchi subyektni boshqarishning turli qirralarida va maxsus ishchilarning ish faoliyatini baholashda, har xil ishlab chiqarish istiqboli variantlarini ko„rib chiqishda va byudjetni tayyorlashda foydalaniladi va bu usul, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotga (bajarilgan ishga, ko„rsatilgan xizmatga) sotish bahosini belgilashda yordam beradi. «Standart-kost» tizimi rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish kompaniya va xo„jalik yurituvchi subyektlarining deyarlik barchasida qo„llaniladi. Lekin, bu tizimda qo„yilgan maqsadga erishishda omillarning mohiyatini va ta‟sirini baholash turli mamlakatlarda turlicha (jadvalga qarang). Masalan, ahamiyatlilik darajasiga qarab tizimda tutgan o„rni AQSh- da Kanadada Yaponiyada Angliyada Xarajatlarni boshqarish 1 1 1 2 Baholarni belgilash va baho siyosati 2 3 2 1 Byudjetli rejalashtirish va uni nazorat qilish 3 2 3 3 Moliyaviy hisobotni tayyorlash 4 4 4 4 Me‟yoriy xarajatlar (standard costs) - oldindan obdan hisoblanilgan, bir dona mahsulotni tayyor holga keltirish uchun zarur bo„lgan xarajatlarni hisoblab belgilash usuli. Me‟yoriy xarajat hisobi va ishlab chiqarish xarajati hisoblari o„zaro o„xshash bo„lsa ham, ularning har birining o„ziga xos xususiyatli tomonlarini bilish, shuningdek bir-biridan farqiga borish kerak. Me‟yoriy xarajatlar va byudjet xarajatlari orasida kontseptual farq yo„q. Nazariy jihatdan olib qaraganda ular bir xil aniqlanadi. Lekin, amaliyotda «me‟yoriy xarajatlar» atamasi, odatda tugallangan maxsulot biriligiga tegishli, «byudjet xarajati» esa umumiy miqdorga bog„liq bo„ladi. «Standart-kost» tizimidan foydalanishning asosiy yutug„i iqtisodiy hisobotni o„z vaqtida va tahliliy jihatdan qulay tarzda yozib borishdir. Boshlanishda me‟yorlardan foydalanish hisobotni olib borish uchun haqiqiy chiqimlarni hisoblash tizimiga ko„ra katta xarajat kerak bo„ladiganga o„xshaydi. Lekin, me‟yoriy xarajatlarni qo„llash hisobga olishni soddalashtiradi. Masalan, materiallar (turli narxli partiyalar) haqidagi bir oydagi ma‟lumotlarni qo„shib yig„ish mumkin, shuningdek har bir ishchi tomonidan aniq bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanishi lozim bo„lgan vaqt miqdorini belgilash va umuman barcha to„g„ri mehnat xarajatlari me‟yorini avvaldan aniqlash mumkin. «Standart-kost» tizimidan foydalanilganda individual me‟yorlarni o„rnatish (tuzish)dagina qo„shimcha xarajatlar paydo bo„ladi, lekin bunday qo„shimcha xarajatlar miqdori juda kam bo„ladi. Ko„pchilik me‟yorlar oylar bo„yicha va xatto yillar davomida o„zgarishsiz qo„llaniladi. Uni o„zgartirish zaruriyati faqat quyidagi hollarda yuzaga keladi: mahsulot konstruktsiyasi o„zgartirilganda, yangi buyumni yasashni o„zlashtirishda, yangi texnologik jarayon joriy qilish maqsadida mashina - uskunalar almashtirilganda va shu kabi holatlarda. Download 321.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling