7-mavzu: Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. Reja: Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash
Download 321.46 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu
To‘g‘ri mehnat haqini to‘lash me’yori. Har bir jarayon yoki ish turini
bajarish uchun hisobot davrida to„lanishi belgilanayotgan mehnat xarajatlarini ifodalaydi. Amaliyotda mehnat haqini to„lash oson aniqlanadi, chunki ular mehnat shartnomasida qayd qilingan yoki xo„jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilab qo„yilgan bo„ladi. Har bir ishchi razryadi uchun maosh oralig„i (diapozon) belgilangan bo„lib, bu diapozon ichida ham turlicha bo„lishi mumkin va ular har bir jarayon uchun o„rta me‟yoriy maosh bilan aniqlanadi. Agar, mahsulotni ishlab chiqargan ishchi haqiqiydan kam olsa ham haqiqiy mehnat xarajatini hisoblashda maosh to„lash me‟yoridan foydalaniladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari me’yori. Bu xarajat me‟yorlari koeffitsientlarni hisoblash orqali amalga oshiriladi. Koeffitsientlarni hisoblash esa avval amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash koeffitsientini hisoblashga o„xshaydi. Lekin bitta asosiy farq bor – u ham bo„lsa umumishlab chiqarish xarajatlari ikki qismdan iborat: shartli o„zgaruvchan va shartli o„zgarmas (shartli doimiy) xarajatlar bo„lib, ularni hisoblash uchun turli manbalardan foydalaniladi. Shartli o‘zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsienti. U rejalashtirilgan o„zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlari miqdorini asosiy mezon sifatida rejalashtirilayotgan koeffitsientga (masalan, mashina-soat miqdoriga, asosiy ishlab chiqarish jarayonida band bo„lgan ishchilarning ish haqi miqdoriga va sh.k.) bo„lib aniqlanadi. Umuman olganda deyarlik barcha rivojlangan mamlakatlarda ana shu borada mezon sifatida uchta ko„rsatkichdan biri tanlab olinadi. Bular: mashina soat, asosiy ishlab chiqarishda band bo„lgan ishchilar ish haqi miqdori yoki ishlab chiqarish xarajatlari miqdori. Bunda boshqa asosdan ham foydalanish mumkin. Shartli doimiy umumishlab chiqarish xarajatining me’yoriy koeffitsienti. U - doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari miqdorining odatdagi ishlab chiqarish quvvatiga (bu holda to„g„ri mehnat sarfi soat me‟yorida aniqlanadi) nisbati sifatida aniqlanadi. Odatdagi (normal) quvvatdan asosiy mezon sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, u ko„proq real holatni o„zida aks ettiradi va shunga muvofiq uning ishonchlilik darajasi yuqori bo„ladi. Download 321.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling