7-mavzu: Buyurtmali kalkulyasiya qilish usuli. Reja: Buyurtmalar bo’yicha kalkulyasiyalashga asosiy yo’ndoshuv. Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash


Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash


Download 321.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi321.46 Kb.
#1301054
1   2   3   4
Bog'liq
7 mavzu

2.Haqiqiy va meyo’riy kalkulyasiyalash. 
Albatta, har qanday xo„jalik yurituvchi subyektda, uning faoliyat turi va 
mulk shaklidan qat‟iy nazar, uning mutaxassislari va rahbarlari tomonidan 
optimal me‟yorlar belgilangan bo„lishiga qaramasdan, amaliyotda bari-bir 
haqiqiy xarajatlar sodir bo„ladi. Haqiqiy xarajatlar miqdori esa aksariyat paytda 
me‟yoriy ko„rsatkichlar miqdoridan farq qiladi. 
Xaqiqiy va me‟yoriy ko„rsatkichlar farqi me‟yordan “chetlanish” 
deyiladi. Agar me‟yordan chetlanish aniqlansa, mutaxassis uning vujudga kelish 
sabablarini aniqlashi kerak bo„ladi. Bu jarayon me‟yordan “chetlanishlar tahlili” 
deb yuritiladi hamda bu jarayon xarajatlarni nazorat qilish va butun xo„jalik 
yurituvchi subyektni boshqarish uchun foydali qurol hisoblanadi. 
Me’yoriy xarajatlarning e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan quyidagicha 
ko‘rsatkichlari mavjud: 
1. Ideal (nazariy) me‟yor. 
Bu ko„rsatkichlar asosan uskunalarning maksimal darajada foydali 
bo„lishiga asoslanadi va bunda ish to„xtamaydi, buzilish bo„lmaydi, deb 
qaraladi. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvati uchun mumkin bo„lgan 
xarajatlar minimal bo„lishi kerak. Byudjetni ishlab chiqarish yoki ishlab 
chiqarish zahiralari tannarxini baholash maqsadida ideal me‟yor qo„llanilmaydi, 
chunki amaliyotda ideal holat kam bo„ladi. Lekin, bunday me‟yorlarni qo„llash, 
raqobat muhiti keskinlashib borayotgan va buning 
natijasida mahsulot sifatini uzluksiz oshirib borish talabi oshayotgan hozirgi 
taraqqiyot davrida, rivojlangan mamlkatlarda ko„proq ishlatilmoqda. 
2. Asosiy (birlamchi, bazaviy) me‟yor. Bunday ko„rsatkichning 
o„zgartirilishiga deyarlik ruxsat etilmaydigan – ular e‟tolon sifatida belgilab 
olinadi. Amaliyotda juda kam uchraydi. 
3. Real me‟yorlar. Bu ko„rsatkich amaliyotdagi barcha holatlarni hisobga 
olib tayyorlanadi va shuning uchun ham undan aksariyat hollarda samarali 
foydalaniladi. Bu me‟yorlar o„zlarida asosli tarzda o„rtacha sharoitlarni aks 
ettiradi. Masalan: mehnat bo„yicha me‟yoriy ish kunida tanaffus, ishlab 
chiqarish davomida asboblarni qayta moslash uchun to„xtatish hisobga olinadi 
va h.k. 



Real 

Birlamchi (baza) 

Ideal, nazariy 

Download 321.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling