7-mavzu: Evolutsiyani harakatlantiruvchi omillar Reja Evolyutsion yuksalishning asosiy yo’nalishlari
Download 148.98 Kb. Pdf ko'rish
|
8-ma\'ruza
Tabiiy tanlanishning ijobiy roli. Tabiiy tanlanish dastlab populyatsiya
ichida ro`y beradi va munosib genotiplar tanlanishi orqali ma’lum natijalarga olib keladi. Tabiiy sharoitda tanlanish har xil yo`nalishda boradi. Tanlanishning biror yo`nalishi uzoq muddat saqlangan taqdirda kichik hajmdagi o`zgarishlar ham samarali bo`lishi mumkin. Evolyutsion ta’limot muxoliflari tabiiy tanlanishni mexanik g`alvir yoki eliminatsiya vazifasini o`taydigan «go`rkov» sifatida baholab keldilar. Bunday tasavvurga ko`ra, tabiiy tanlanish yangilik yaratmaydi, balki populyatsiyadagi mavjud o`zgarishlarni saqlashdi, xolos. Aslida esa tabiiy tanlanish evolyutsiya yo`nalishini belgilaydi va tasodifiy hamda ko`p sonli foydali o`zgarishlarni to`play boradi. Tabiiy sharoit ta’siriga va tanlanish yo`nalishiga qarab bir xil irsiy o`zgaruvchanlik turli oqibatlarga olib keladi. Shu jihatdan tabiiy tanlanishni haykaltarosh bilan qiyoslash mumkin. Xuddi shaklsiz granit bo`lagidan ortiqchalarini tarashlab, ajoyib ijod qiluvchi haykaltarosh singari, tabiiy tanlanish ham turli xil o`zgarishlarni to`play borib noqulay, kam moslashgan organizmlarning nobud bo`lishi hisobiga moslashgan organizm turlarini vujudga keltiradi. Lekin tabiiy tanlanish ma’lum maqsadsiz yo`naladi. U har xil genotip, genofond, biogeosenozlarning o`zaro munosabati tufayli stixiyali ravishda kechadi va bu jarayon million yillar davom etadi. Tabiiy tanlanishning ijodiy rolini tushuntirish maqsadida yana bir o`xshatish keltiramiz. Alfavitdan teng miqdorda ko`plab kesib olingan harflardan biz «TOY» so`zini hosil qilmoqchi bo`laylik. Buning uchun ikkinchi va uchinchi harflarni tanlab olgudek bo`lsak, u holda hech qachon xohlagan so`zni hosil qilib bo`lmaydi. Mabodo, qirqilgan harflardan T, 0 va Y harflarni qutiga joylashtirsak, u holda «TOY» so`zining hosil bo`lish imkoniyati ortadi. Agar tanlangan uch harfdan ikkitasini (TO, TI, OY) juftlab, qutiga tashlasak, qolgan bitta harf alohida bo`lsa, unda ikkita harfdan iborat harflarning uchinchi yakka harf bilan qo`shilish oqibatida TYO, OYT, TIT va nihoyat «TOY» so`zi hosil bo`ladi. Binobarin, harf yasamagan bo`lsak ham, ularning ma’noli birikishiga erisha oldik. Xuddi shunga o`xshash, tabiiy tanlanish ta’sirida har xil genlar, belgilar u yoki bu organizmlarda mujassamlashishi mumkin. Qayd qilinganlardan, har bir gen o`z-o`zidan yakka holda tanlanmay, genotipda boshqa genlar bilan qo`shilgan holda tanlanadi, degan xulosa chiqarish mumkin. Tabiiy tanlanishda doim organizm uchun foydali belgixossalarning tuzilishi orta boradi. Darvin tomonidan keltirilgan Galapagos arxipelagida uchraydigan vyurkalarning tumshug`i, okean orollaridagi hasharotlarning qanoti yoki qayin odimchi kapalagining rangi, ot evolyutsiyasiga doir va shu singari ko`p misollar tabiiy tanlanishning ijobiy rolini ko`rsatuvchi dalillardir. Tabiiy tanlanish barcha moslanishlarning paydo bo`lishini, yangi formalar va turli taksonlar sistemasining kelib chiqishini belgilab beruvchi muhim va yagona yo`nalishli omildir. Tabiiy tanlanish nazariyasi biologiyaning eng muhim nazariy umumlashtirishlaridan biri bo`lib qoladi. Download 148.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling