7-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja


Download 26.36 Kb.
bet2/5
Sana23.09.2023
Hajmi26.36 Kb.
#1686109
1   2   3   4   5
TUSHUNTIRISH XATI
Ish qog`ozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki o`qish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yo`llanadi. Bu hujjat korxonalararo yozishma tarzida bo`lishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.
Tushuntirish xati ham ko`proq shaxsiy mazmunga ega bo`lib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti-harakatlar, yo`l qo`yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Shaxsiy mazmundagi tushuntirish xatining zaruriy qismlari:
- hujjat yo`llanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi;
- tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- hujjat nomi - tushuntirish xati;
- matn (unda yuz bergan voqea-hodisa, yo`l qo`yilgan qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon etiladi);
- tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.


NAMUNA

Samarqand davlat universiteti


filologiya fakulteti dekani, prof. J.Eltazarovga
shu fakultet o`zbek filologiyasi bo`limi
4- kurs talabasi Eshonqulova Charosdan


TUSHUNTIRISH XATI
2018-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida dugonam Turdiyeva Sitora bilan malakaviy-bitiruv ishimizning xulosa qismini qanday yakunlash to`g`risida suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt qattiq shamol tufayli qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza raxiga gullar ekib terib qo`ylgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar va gultuvaklarning siniqlarini yig`ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech kim aybdor emas.

2018.27.03. imzo Eshonqulova Ch.


TILXAT
Tilxat ham turmushda ko`p qo`llanadigan hujjat turlaridan biridir. Talabalar oliy o`quv yurti qabul komissiyasiga hujjatlarini topshirganlarida ularga qabul komissiyasi mas’ul xodimi tomonidan tilxat beriladi. Ko`rinadiki, tilxat muayyan shaxs tomonidan hujjat, qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar olinganda yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tilxat odatda qimmatbaho buyum, hujjat yoki pulni olgan shaxs tomonidan qo`lda yoziladi. Ommaviy tarzda qabul qilinadigan o`rinlarda avvaldan tayyorlangan tilxat andozaliardan ham foydalaniladi. Tilxat guvohlar ishtirokida yozilgan hollarda unga guvohlar ham imzo qo`yishlari, familiyasi va ismlarini yozishlari shart. Ba’zan tilxat nodir hujjatlar, ko`proq miqdordagi pul olinganda yoki olinayotgan narsa-buyumning qimmatbaholigi e’tiborga olinib, notarial idoralarda tasdiqlanishi ham mumkin. Umuman, tilxat ikki nusxada tayyorlanib, unda ko`rsatilgan miqdor, son raqamlar hamda so`zlar bilan ham yozilishi talab etiladi. Tilxat matnidagi so`zlarni o`chirish, ularga tuzatish kiritish, o`zgartirish mumkin emas. Tilxat qanday mavzularda yozilishidan qat’i nazar, ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan quyidagi zaruriy qismlar mavjud:
- hujjat nomi – tilxat;
- tilxat yozuvchi shaxsning o`qish, ish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
- qimmatbaho buyum, pul, hujjat yoki boshqa shu kabi narsani beruvchi shaxsning ham ish, o`qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
- olinayotgan narsaning to`liq nomi, aniq miqdori va holati, tilxat yozuvchi kishining familiyasi, ismi va hujjat yozilgan sana.



Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling