7-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: tushuntirish xati, tilxat, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja
Download 26.36 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELOMONOVA M.
HISOBOTI
2018-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf o`quvchilari o`rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o`tkazildi. Olimpiadada to`rtta to`qqizinchi sinfdan 20 o`quvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga doir uchtadan masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi. Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko`ra IX ”A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball to`plab birinchi, IX ”D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to`plab ikkinchi, IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarning har biri 80 balldan to`plashib uchinchi o`rinni egallashdi. Hakamlar kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o`rinlarni egallab, g`oliblikni qo`lga kiritgan IX “A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon va IX “D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo`yicha Samarqand shahar o`rta umumta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli uchinchi o`rinni egallashgan IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo`limi faxriy yorlig`i bilan taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizom qoidalariga to`la rioya etilgan holda o`tkazildi. Kimyo fani o`qituvchisi: imzo ELOMONOVA M. 2018.27.01. TOPSHIRIQLAR 1. Mavzu matni hamda uning zaruriy qismlarini o`qing. 2. Mavzu bo`yicha tushunganlaringizni og`zaki hikoya qiling va turmushda yuz bergan holatlar bilan qiyoslang. 3. Quyidagi mavzularda tilxat namunalari yozing: guruh oqsoqoli sifatida talabalar stipendiyasini tarqatish uchun katta miqdorda pul olganligingiz haqida, o`tkazilgan sport musobaqalarida talabalar kiyadigan sport kiyimlari, anjomlari olganlingiz haqida, o`rtog`ingizdan ma’lum miqdorda pul qarz olganlingiz haqida, qo`shningizning videokamerasini vaqtincha ishlatib turish uchun olganligingiz haqida va hokazo. 4. Quyidagi mavzularda tushuntirish xati namunalarini yozing: darsga kech qolganligingizning sababi, darsga kela olmaganligingizning sababi, berilgan topshiriqning o`z vaqtida bajarilmaganligining sababi, shanbalikda belgilangan vazifalarning tugallanmay qolganligining sababi, mahsulot tayyorlashdagi uzilishlarning sabablari va hokazo. 5. Quyidagi mavzular yuzasidan qisqaroq hajmli hisobot namunalari yozing: maktabda mutaxassisligingiz bo`yicha o`tkazilgan o`quvchilar olimpiadasi haqida hisobot, amaliyotchi talaba sifatida maktabda o`tilgan pedagogik amaliyot haqida hisobot, guruh rahbari sifatida talabalar bilan olib borgan yarim yillik ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan hisobot, sinf rahbari sifatida o`quvchilar bilan Urganch shahriga uyushtirilgan sayohat haqida hisobot, o`tkazilgan shanbalik natijalari bo`yicha hisobot va hokazo. Download 26.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling