7. mavzu. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tatbiqiy sohalari. Ijtimoiy psixologik xizmat. Reja


Download 61.13 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi61.13 Kb.
#1573887
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu

oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o’lkamizda alohida ahamiyatga
ega bo’lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan.
O’smirlik va o’spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni
shaxslarning bir-birlariga emosional bog’lanishlari – do’stlik, sevgi hislarini
tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O’rta Osiyo
hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda
maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat
ko’rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo’ladi.
Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, ijtimoiy
psixologiyaning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni
oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish,
oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar
o’tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib
toptirishdir.


Maktab va ta’lim muassasalariga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish

Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy


ishlarning dolzarbligidan kelib chiqadigan yana bir
tatbiqiy ijgimoiy psixologik yo’nalish – bu
ta’limdada ko’rsatiladigan ijtimoiy-
Ma’lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi (yoki sosializasiyasi) asosan maktab
yillariga to’g’ri keladi. Shuning uchun maktab oldiga qo’yilgan asosiy
vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning
individual va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va
tarbiyaning eng maqbul shakllarini joriy etishdir. Lekin hozirgi sharoitda
maktab oldida ko’plab muammolar, hal qilinmagan masalalar mavjudki,
ularning barchasi maktabga har taraflama yordamni taqozo etadi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ko’rsatmalariga asosan yoshlarning
layoqatlarini ilk yoshdan aniqlash, ular iqtidorini har taraflama o’stirish
vazifalari o’quvchiga individual yondashuvning zarurligini, o’qishning
differensial bo’lishini talab qilmoqda, shunga ko’ra, maktab va jamoatchilik
oldiga qator muammolar qo’yilmoqda. Testlar vositasida bilimlarni tekshirish,
oliy o’quv yurtlariga va ta’limning barcha tarmoqlariga test sinovlari orqali
qabulning amalga oshirilishi psixologik xizmat zaru-riyatini vujudga
keltirmoqda. Ijtimoiy psixologiya davr talablaridan kelib chiqqan holda o’z
oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
a) yoshlar tarbiyasida ijtimoiy-psixologik muammolarni anglash;
b) ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish va tatbiqiy xulosalar chiqarish;
v) mavjud ziddiyatlarning oldini olish yo’llarini qidirish, yo’l-yo’riqlar
tavsiya qilish kabilar. Bunda maktab psixologining roli katta bo’lib, u quyidagi
ijtimoiy-psixologik vazifalarni bajarishga o’z faoliyatini yo’naltirishi kerak:
1. Maktabda tashkil etilgan psixologik xizmatning samarali yo’llarini
qidirish, shart-sharoitlar va muhitni har tomonlama, to’liq o’rganib chiqishni
har bir o’quvchining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda individual va
guruhiy ishlash uslublarini aniqlash lozim.
2. Maktab psixologi o’quvchilar o’rtasida uchrab turadigan psixik
rivojlanishdan kechikish hollarini to’liq o’rganishi, ularni keltirib chiqaruvchi
omillar va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni tahlil qilishi lozim.
3. Maktab psixologi turli yoshdagi o’quvchilarning qobiliyatlari, yo’nalishi,
layoqatlari va kasbiy qiziqishlariga doir aniq ilmiy tahlillar, test natijalari asosida
tuzilgan ma’lumotlar bankiga ega bo’lishi kerak. Bu ma’lumotlarga asoslanib,
psixolog ularga alohida-alohida yondashish, ayrimlarga qo’shimcha darslar tashkil
etish, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida qobiliyatlarini o’stirish bilan bog’liq aniq ko’rsatmalar ishlab chiqishi lozim.
4. Maktab psixologi sinflardagi ruhiy holatlarni, o’zaro munosabatlar bilan
bog’liq bo’lgan psixologik muhitni aniqlashi, rasmiy va norasmiy liderlar o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rganishi, maktab ma’muriyati va tarbiyaviy ishlar bo’yich direktor o’rinbosariga zarur yo’l-yo’riqlar tavsiya qilishi joiz. Bundan tashqari, maktab psixologi turli mojarolar, ziddiyatlar, tartibbuzarliklarning oldini olish, ularning psixologik ildizini o’rganish chora-tadbirlari bo’yicha maslahatlar tashkil etishi shart.
Bunday psixologik maslahatlar ota-onalar va pedagoglar jamoasi uchun alohida tashkil qilinadi.
5. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli masalalar bo’yicha
o’qituvchilar jamoasiga psixologik yordam berishdir. Bunda u jamoadagi sog’lom
muhitning asosi bo’lmish o’zaro munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan ijtimoiypsixologik trening mashg’ulotlaridan samarali va o’z vaqtida muttasil foydalanishi,
uzluksiz ravishda diagnostik sinovlar o’tkazib turishi, pedagogning kasbyy
mahoratini va nutq qobiliyatini oshirishda ijtimoiy psixologiyaning barcha faol
tayyorgarlik usullaridan foydalanishi va shu orqali pedagog-murabbiyning ijtimoiypsixologik bilimdonligini oshirishi zarur.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, maktab psixologi o’z faoliyatining
asosiy yo’nalishlarini belgilashi mumkin. Ular diagnostik va tuzatish ishlari,
psixoprofilaktik ishlar, psixologik konsultasiyalar, o’qituvchilar, ota-onalar va
o’quvchilarning psixologik savodxonligini ko’tarish; psixologiya metodlarini aniq
sharoitlarga moslashtirish, ulardan samarali foydalanish, to’plangan ilmiy
ma’lumotlarni izchil tarzda tahlil qilib borish; testlar tuzish, ularning
sezgirligini ilmiy asoslash va har bir o’quvchi qobiliyatining qolaversa,
o’qituvchilar bilimdonligini testlar yordamida muntazam tekshirish, ilmiy
xulosalar va ko’rsatmalar tayyorlash kabilardaniboratdir.
Respublikada maktabda psixologik xizmat ko’rsatish ishlarini
takomillashtirish o’quvchilarni jamiyat oldida turgan ulkan va ulug’vor ishlarga
tayyorlashda o’zining munosib hissasini qo’shadi va O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning bandlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga joriy
etishda o’z o’rnini topadi .
Psixologiya fani oldiga qo’yilgan talablarni qondirish uchun
mamlakatimizda keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ularning
nitijalarini dadil amaliyotga tatbiq qilish, amaliyot bilan nazariya o’rtasidagi
uzviy bog’liqlikni hayotda qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun O’zbekistonning deyarli barcha o’rta ta’lim maktablari va kasbhunar kollejlari psixolog kadrlar bilan ta’minlangan. Ularning maktab doirasida
bajaradigan ishlari juda ko’p. Shunga qaramay, ularning eng dolzarb
vazifalaridan biri doimo o’quvchilarning oilasi, u yashab, istiqomat qilayotgan
mahallasi bilan amaliy aloqalarni o’rnatishdir. Chunki psixolog o’sib
kelayotgangan avlodning maktabdan tashqari vaqti nimalar bilan band bo’lishini
bilmasa, u bilan aniq maqsadli psixokorreksion va rivojlantiruvchi tadbirlarni
amalga oshira olmaydi. Maktabga psixologik yordamning to’g’ri yo’lga
qo’yilishi “Oila – mahalla – maktab” konsepsiyasining samarali amalga oshirishi
uchun muhim omildir.








Download 61.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling