7. mavzu. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy-tatbiqiy sohalari. Ijtimoiy psixologik xizmat. Reja


Amaliy ijtimoiy psixologiyaning tatbiqiy sohalari


Download 61.13 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi61.13 Kb.
#1573887
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu

Amaliy ijtimoiy psixologiyaning tatbiqiy sohalari

Tabiiy, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmu-fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etiladigan sohalaridan Zero, har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy-psixologik jabhasini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotda amalga oshiruvchilar


alohida shaxslar bo’lib, ularning individual hamda guruhiy ustanovkalari,
faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissiyotlari yetakchi rol o’ynaydi.
Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga
shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o’zaro guruh bo’lib
mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o’sha guruhdagi ijtimoiypsixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro’si, norasmiy
liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlarga ta’siri muhim masala bo’lib
qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita
ta’sir ko’rsataveradi. Yangicha bozor iqgisodiyoti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonroq bo’lib,
o’z bilimlarini ko’proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va
qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari,
mehnatga jalb etishning turli-tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni
yoki ishchini shaxsan o’rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (xoh moddiy,
xoh ma’naviy taqdirlashdan qat’iy nazar) uning qisman testolog bo’lishini,
psixologiya fanining ommabop usullarini qo’llagan holda ish yuritishini talab
qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o’ziga xos
qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiypsixologik bilimga ega bo’lishi shart.
Hozirgacha sanoat ijtimoiy psixologiyasi yo’nalishida qilingan aksariyat
ishlar shu soha birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlarida ijgimoiypsixologik muhitni o’rganishga qaratilgan bo’lib, tadqiqot mobaynida
ishlab chiqarish samaradorligi, ishchilarning mehnatga munosabatlari,
guruhdagi qonun-qoidalarga bo’ysunishlari va hokazolar bilan bog’liqligi
tekshirilgan. Ayniqsa, ko’p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning
rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderlarning xususiyatlariga bog’liqligi masalalari
to’liq tadqiq etilgan. Lekin shu yo’nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy
munosabatlar sharoitida o’tkazilgani yo’q. Shuning uchun ham yaqin kelajakda
ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o’tkazilishi mumkin
bo’lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
2. jamoa a’zolari o’rtasidagi gorizantal munosabatlar, ya’ni jamoaning
uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o’ziga xosligi, ziddiyatlar va
ularning tiplari, ularning oldini olish choralari;
3. mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik
qoniqishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, faoliyat motivlari, amalgam
oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy-foydali jihatlarini qay darajada
tasavvur qilishi;
4. mehnat jamoalari rahbarlarining malakasini oshirish, jumladan, ularning professiogrammasi va psixogrammalari asosida odamlar bilan
ishlash, jamoani qovushtirish, oqilona ish va muomalani tashkil etish, o’z
liderlik qobiliyatlarini muttasil oshirishga o’rgatish bo’yicha ijtimoiypsixologik treninglar uyushtirish;
5. rahbarlarning malakasini oshirish kurslarida psixologlar ishtirokida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish. Tadqiqotchining yuqoridagi masalalarni o’rganishi uchun tabiiy metodik vositalar zarur. Amaliy ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan
farq qiladiki, u har bir konkret sharoitda o’ziga kerakli, ma’qul uslublarni
qo’llaydi, ba’zi birlarini sinab ko’radi, agarda ular maqsadga muvofiq
bo’lmasa, boshqasi bilan almashtiriladi. Olingan natijalarga asoslanib, u
korxonalardagi ruhiy muhitni "yaxshi", “o’rtacha”, “yomon”, “qarama-qarshi”
toifalarga bo’ladi va ularning har 6iridan o’ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar
chiqaradi. Bundan tashqari, bugun tadbirkorlik negizida tashkil etilayotgan ko’plab ishlab
chiqarish korxonalari, firmalar, qo’shma korxonalar mavjudki, ularda mehnatni ilmiy
asosda tashkil etish va samaradorlikning ruhiy mezonlarini topish muhim muammodir.
Chunki yangi korxonaning rahbari va mas’ul shaxslar ko’plab insonlar bilan muloqotga
kirishish va ishlab chiqarish munosabatlarining murakkab shakllarini his etishga
majburdirlar.
Menejment va marketing sohasidagi har qanday izlanishlar va ularning
tatbiqiy natijalari, so’zsiz jamiyatda ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining yuqori
bo’lishini va inson manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi. G’arb mamlakatlarida
bo’lgani kabi bu sohada talab va takliflarning o’z vaqtida o’rganilishi, rahbarlik
mahoratining ko’plab qirralarini egallagan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil
etish, har bir xodimning shaxsiy qobiliyatlariga differensial munosabatda bo’lish katta
tatbiqiy ahamiyatga molik. Sanoat korxonalarida tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik yo’nalishi, avvalo, turli toifadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarini bartaraf etishga o’rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik, sog’lom shakllariga o’tish, rahbarlik mahorati sirlarini o’zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda, shubhasiz, psixolog tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg’ulotlari muhim ahamiyatga ega. Tatbiqiy ijtmoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo’nalishlaridan biri – bu nikoh va oiladir.
Oila va nikoh hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan, ayniqsa, 6u
sohaning o’ziga xos ijtimoiy-psixologik tomonlari mavjud bo’lib, u oilani yaxlit bir ijgimoiy guruh sifatida talqin qilib, unda sodir bo’ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o’rganadi. Respublikada oila va nikoh masalalariga e’tibor yuksakligini hisobga olib, ko’pchilik tadqiqotchilar o’z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag’ishlaganlar
(M.Mirhosilov, G’.B.Shoumarov, N.Sog’inov, F.Akramova, N.Salayeva, M.Salayeva, X.Karimov, M.Rasuleva, O.Musurmonova, D.Xoliqov, G.Yadgarova, G.Xomidova, A.Minavvarov, N.Lutfullayeva, M.Umarova va boshqalar). Oilaga nisbatan ilmiy qiziqishning sabablari, eng avvalo, bu obyektning “naqdligi” bo’lsa, ikkinchidan, keyingi yillarda respublikada ajralishlar sonini kamaytirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar ko’lamining ortib borayotganligi, tug’ilish va nikohlar sonining ortib borayotganligi, notinch va “muammoli” oilalarning mavjudligi, oila institutiga yoshlar munosabatining
o’zgarayotganligi va hokazo. Xalqimizda oila muqaddas dargoh hisoblanadi. Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlarida muayyan o’zgarishlar
kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi.
Bu boradagi o’zgarishlarga:
1. oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o’zgarib borishi;
2. oilaning kichrayishi va unda tug’ilishning kamayishi, murakkab ko’p
avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi;
3. oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar
haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o’zgarib borayotganligi;
4. iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining
o’zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarga ta’siri;
5. ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o’zgarishi va boshqalar.
Yuqorida ta’kidlangan sohalar O’zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda
ishlanishi zarur muammolar bo’lib, ularning yechimiga ko’ra oilani
mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy
foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o’z fikrlarini aytishlari joiz.
Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida
ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib
kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko’rsatmoqdaki, ko’pchilikda
“endi ayol kishi an’anaviy o’z o’rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo
bo’lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana
shunday qarama-qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi
ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko’rsatishi mumkin. Shaharlarda
va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil
etilayotgan “Yosh oila” sho’balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila
Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir
tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni
hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush
qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko’rsatadi.
Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni

Download 61.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling