7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishI. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishI. Reja


Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1798214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-МАЪРУЗА

Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy 
islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Pul islohotining 
o‘tkazilishi 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biiri bozor 
iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning 
huquqiy asoslarini yaratishda alohida e’tibor berildi. Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, “Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri 
bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir”. Shu nuqtai nazardan 
dastlabki vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barppo 
etadigan 1100 ga yaqqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunlarni 
mazmun-mohiyayati jihatidan quyidagi yo’nalishlarga bo’lish mumkin: 
O’zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini 
yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu 
yo’nalish doirasida «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari 
to’g’risida», “Yer osti boyliklari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi to’g’risida”, «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida», «Fuqarolarning 
o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi. Bu 
qonunlar asosida markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tizimi vujudga keldi. 
Mulkchilik munosabatlari va ko’p uklaadli iqtisodiyotni shakllantiruvchi 
qonunlar. Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, yer to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-
joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylaashtirish, 
mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, shirkat 
xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bular xo’jalik yuritish yangi 
mexanizmining asosiy qoidalarini belgilab berdi. Bozor infrastrukturasini 
yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati 
to’g’risida, sug’urta to’g’risida, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, auditorlik 
faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa 
qonunlar qabul qilindi. Korxonalar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga 


qo’yuvchi soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot 
bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi. Xo’jalik - prosessual kodeksi ishlab chiqildi, 
xo’jalik sudi tuzildi. Bu qonunlarning qabul qilinishi bilan respublikada bozor 
mexanizmlarini rivojlantirish ishiga mustahkam poydevor qo’yildi. 
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy 
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, O’zbekiston 
Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, «Valyutani 
tartibga solish to’g’risida», «Erkin iqtisodiy mintaqalar to’g’risida» qabul qilingan 
qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O’zbekiston tomonidan imzolanishi 
mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. 
Mustaqil O’zbekistonning ilk konstitusiyasi - davlat va jamiyat hayotining 
asosiy qonuni qabul qilinganligi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo’ldi. Bu 
qonunlar o’z umrini yashab bo’lgan eski iqtisodiy munosabatlarni va siyosiy tizimni 
huquqiy yo’l bilan yangi iqtisodiy munosabatlar va siyosiy tizim bilan almashtirdi. 
Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Jahon 
tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlaar uchun maqbul bo’lgan 
bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Hozirda bozor 
iqtisodiyotiga o’tishning turli modellari mavjud bo’lib, ular barcha mamlakatlarni 
bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo bozor 
munosabatlari shakllaniishiniing sosiaal-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti 
har xil bo’lganligi tufayyli, unga o’tishning milliy xusuusiyatlari ham mavjud 
bo’ladi. Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo’lini yoki taraqqiyo 
modelini borligicha qabul qilib bo’lmaydi. Natijada o’ziga xos yo’lni tanlash muhim 
hisoblanadi. 
Sovet tuzumida amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga 
asoslangan iqtisodiyot o’zining hayotiy emasligini, aholining o’sib boruvchi 
ehtiyojlarini ta’minlay olmasliigini aniq ko’rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida 
mamlakat taraqqqiyoti uchun O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning 
o’ziga xos yo’lini ishlab chiqqish va bu yo’lda tub islohotlarni belgilash zarurati 
yuzaga keldi. O’zbekistonning taraqqiyo yo’lini ishlab chiqqishda O’zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchilik qildi. Islom Karimov 
o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida so’lagan dasturiy nutqida hamda 1992 
yil avguust oyida nashr etilgan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” 
asarida O’zbekistonning taraqqqiyot yo’lini har tomonlama puxta belgilab bergan. 
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqqiyot yo’li Islom Karimovvning keyingi 
asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmun bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib 
borildi. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish 
modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh tamoyilni o’z ichiga olgan 
bu modelning mazmuni va mohiyatii Islom Karimovning 1993 yilda nashr etilgan 
“O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli asarida 
asoslab berilgan. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham 
taraqqiyotning “o’zbek modeli” deb qabul qilindi. O’zbek mmodeliini iishlab 
chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik 


imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar 
hisobga olindi. Ushbu tamoyillar quyidagilar: 
-Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, 
u bir mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas, buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot 
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabaatlarni 
mafkuradan xoli qiliish kerak; 
-Ikkinchidan, o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U 
islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’rgarishlar siyosatiini ishlab 
chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va 
konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart; 
-Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish 
lozim. Buniing ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi 
Konstitutsiya va qonunlarni hyech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga 
og’ishmay rioya etishi lozim; 
-To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda ijtimoiy 
siyosatni o’tkazish, bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini 
ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldidan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor 
iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday 
bo’lib qqoladi; 
-Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlar 
talablarini hisobga olgan, yaqin o’tmishimizdagi “inqilobiy sakrashlarsiz”, ya’ni 
evvolyusion yo’l bilan, puxta o’ylab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. 
O’tgan davr mobaynida bu tamoyillarning amalga oshirilishi respublikada 
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi bozor munosabatlarini joriy etish 
yo’lidan izchil harakat qilishni ta’minladi. Bular yetakchi tamoyil sifatiida tan 
olindi.
Pul islohotining o’tkazilishi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritib, 
o’zining milliy valyutasini muomalag kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon uchun 
ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu bois O’zbekiston 1991-1993 yillarda sobiq 
ittifoqdan qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda 
yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri 
ham shunga mos ravishda tushib bordi. O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta 
kiritish ishiga jiddiy kirishdi. Uning kursi oldin muomalada bo’lib kelgan rublga 
tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati so’m-kuponlar asosida zarur tajriba 
orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo’yilgan muhim qadamlardan biri – 1994 yil 1 
iyuldan milliy valyutamiz – so’mning muomalaga kiritilishi bo’ldi. Bu tadbir katta 
siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki, o’z milliy valyutasiga ega 
bo’lmagan davlat chinakam mustaqil bo’la olmaydi. Respublika hukumati milliy 
valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini 
amalga oshirib bordi.Muomalagi 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so’mlik, 1997 
yildan 200 so’mlik, 2000 yildan 500 so’mlik, 2001 yildan 1000 so’mlik, 2013 yildan 
5000 so’mlik, 2017 yildan 10000 va 50000 so’mlik, 2019 yil 100000 so’mlik 
banknotlar chiqarildi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling