7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishI. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishI. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1798214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-МАЪРУЗА

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bosqichma-bosqich 
amalga oshirilgan iqtisodiy va institusional islohotlar jarayonida mamlakat 
rivojlanishini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va normalarni o’z ichiga oluvchi 
tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti shakllandi. Shakllangan tadbirkorlik muhiti 
mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlariga hamda yangicha 
boshqarish tizimini barpo etilishiga; moddiy, tabiiy, mehnat va boshqa resurslardan 
samarali foydalanish esa iqtisodiy o’sishga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Natijada 
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari 
ta’minlandi. Shu bilan bir vaqtda O’zbekistonda Harakatlar strategiyasi 
tamoyillariga va ustuvor yo’nalishlariga amal qilgan holda rivojlanishning strategik 
maqsadlari jahon andozalariga mos ravishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh. Mirziyoyevning Farmonlari, ma’ruzalari va chiqishlarida belgilab berilgan 
barqaror iqtisodiy rivojlanishning ustuvor vazifalarning amalda ijrosini ta’minlash, 
O’zbekiston iqtisodiyoti va uning hududlari rivojlanishini ta’minlamoqda. Milliy 
iqtisodiyotning rivojlanishini baholash mezonlaridan biri sifatida iqtisodiy o’sish 
ko’rsatkichi qabul qilingan. Ushbu ko’rsatkich muayyan davr mobaynida real YaIM 
hajmining o’tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to’liq bandlilik sharoitiga mos 
keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasining uzoq muddatli ko’payishi 
tendensiyasini anglatadi. Shuni hisobga olganda, O’zbekistonda aholi turmush 
darajasini oshirish, ijtimoiy muammolarni yechish, mamlakatning jahon 
hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqyeini mustahkamlashga erishish va 
makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiy islohotlar 
strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Shu nuqtai nazardan, 
mamlakatimiz Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida iqtisodiyot tizimini 
sog’lomlashtirish hamda iqtisodiy o’sishni yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida 
quyidagi masalalarni hal etish lozimligi qayd etilgan: ochiq iqtisodiyot, sog’lom 
raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur 
sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni 


jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; iqtisodiyotni 
modernizasiya va diversifikasiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori 
iqtisodiy o’sishni ta’minlash; «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning 
hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, 
barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir 
strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini 
erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilgan 
chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish 
uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun 
mustahkam zamin yaratdi. 
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlashda Markaziy 
bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o’zining asosiy 
va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-
kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit 
sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko’zda tutgan.
Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o’sishning yo’nalishlaridan biri sifatida 
mamlakatimizda o’zlashtirilayotgan investisiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Investisiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan 
bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o’z navbatidi YaIMning o’sishini 
ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat 
rivojlanishining 
asosiy 
makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlarining 
o’zgarish 
tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (YaQQ) hajmi YaIM 
umumiy hajmining 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 %ga o’sdi (YaIM mutlaq o’sishiga 
ta’siri 4,8 % punktni tashkil etdi). Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YaIM 
tarkibidagi ulushi 10,2 %ni tashkil etdi va YaQQ kabi 5,3 % darajada o’sdi (YaIM 
mutlaq o’sishiga ta’siri 0,5 %ni tashkil etdi).
 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling