7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishI. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishI. Reja
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
7-МАЪРУЗА
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning
vazifalari va yo‘nalishlari. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bozorning ko’p bo’g’inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo’lmasdan bozor mexanizmlari to’liq ishlay olmaydi. O’tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko’plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi. № Infratuzilma turlari Infratuzilma tarmoqlari 1 Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma Transport Aloqa Ombor xo’jaligi Yo’l xo’jaligi Suv va energetika ta’minoti va boshqalar 2 Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi infratuzilma Birjalar Savdo uylari Auksionlar Tijoratchilik idoralari Reklama firmalari Savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari 3 Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma Banklar O’zini o’zi kreditlash idoralari Sug’urta kompaniyalari Moliya kompaniyalari Soliq undirish idoralari Pul jamg’armalari 4 Aholiga xizmat qiluvchi (ijtimoiy) infratuzilma Uy-joy va kommunal xizmati Madaniyat Sog’liqni saqlash Aholini ishga joylashtirish xizmati (mehnat birjalari) 5 Axborot infratuzilmasi Iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar Sotish bilan shug’ullanuvchi kompaniyala, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari Islohotlar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo’g’inlari – turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi vujudga keldi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi – transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi – tovarlar va xomashyo birjalari, biznes inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam – mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bo’ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning o’rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O’zbekistonda 1991 yilning avgustidan “O’zbekiston” respublika universal agrosanoat birjasi, “O’zulgurjibirjasavdo” – O’zbekistonda ulgurji va birja savdosi bo’yicha respublika davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil mart), “Toshkent” respublika tovar-xomashyo birjasi (1994 yil 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyat ko’rsatmoqda. 1992 yil 12 avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida” Qaror qabul qildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma – yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo’lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug’urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi “O’zbekinvest” (1994 yil 13 aprel), “O’zagrosug’urta” (1997 yil 25 fevral), “Kafolat” (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug’urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko’plab xususiy sug’urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo’shma sug’urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug’urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yo’nalish bo’yicha sug’urta xizmati ko’rsatmoqdalar. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi (2002 yil 5 aprel), Prezideyent farmoni bilan 2002 yil 1 fevraldan boshlab sug’urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig’idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Hozir sug’urta tashkilotlari aholiga, korxonalar va tashkilotlarga 40 dan ortiq turdagi sug’urta xizmati ko’rsatadi. Mamlakatimizda sug’urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari bor. Respublikada majburiy sug’urta bilan faqat davlat-aksiyadorlik sug’urta tashkilotlari shug’ullanadi va ular majburiy sug’urtaning qishloq xo’jaligi korxonalari mol-mulki; fuqarolarning mol-mulki; yo’lovchilar; harbiy xizmatchilar; soliq xizmati xizmatchilari; uchuvchilar tarkibi; xavfli kasblar; fuqarolik mas’uliyati sug’urtasi turlarini amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylandi. Negaki, iqtisodiy tizim o’zgarayotgan payta malakasiz kishilargagina emas, ma’lum ixtisosga ega bo’lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko’payishiga yo’l qo’ymaslik tadbirlari ko’rildi. 1993 yildan O’zbekistonda Mehnat birjalari paydo bo’ldi. Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Harb ir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni kasbini o’zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash yo’lga qo’yildi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat turli kompetensiya jamg’armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam sur’atda oshirib borildi. Qishloq xo’jaligi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun foydalaniladigan yer mamlakat hududining 45 foizini egallaydi, aholining qariyb 50 foizi qishloq joylarda yashaydi. Tarmoq suv va o’rmon xo’jaligi bilan birgalikda 3,6 mln kishining (umuman iqtisodiyotda band bo’lganlarning 27 foizi) bandligini va mamlakat yalpi ichki mahsulotining 32,4 foizini ta’minlaydi. Bundan tashqari, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarining katta ulushini yetishtiruvchi 4,7 mln dehqon xo’jaliklari egalari ham, garchi ular ko’pincha iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida band bo’lsalar ham, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar deb hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti O’zbekiston Respublikasiga jami holda qariyb 20-25% daromadlarni keltiradi. Agraroziq-ovqat mahsulotlarining 180 tadan ortiq turi jahonning 80 ta mamlakatiga eksport qilinadi, tovarlar eksporti umumiy hajmining 20 foizi ular ulushiga to’g’ri keladi. Agrar islohotlarni izchil amalga oshirish quyidagi asosiy tendensiyalar va natijalarni ta’minladi. 1. Agrar sektorni barqaror rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishning o’sishi. 2. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi hatto uni qayta ishlash mahsulotlari hisobga olinmasdan mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasida 32,4 foizni tashkil etadi, uning mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar hisobga olinganda esa yalpi ichki mahsulotning qariyb 40 foizini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining har yilgi yalpi ichki mahsulot o’sishidagi to’g’ridan-to’g’ri ulushi o’rtacha 1,1 foizni (yoki butun o’sishning 13,5 foizini) tashkil etadi. 3. Ishlab chiqarishning o’sishi qishloq xo’jaligi ekinlarining amalda barcha turlari uchun xosdir. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 1,5 baravar (o’rtacha yillik o’sish sur’ati 8,5%, go’sht-sut mahsulotlari – 1,4 baravar (6,7%), don – 8%ga (2,2%) o’sdi. Parrandachilik (yillik o’sish 12%) va baliqchilik (5,1 baravar) yuqori sur’atlarda rivojlandi, paxta xomashyosi yetishtirish esa ekin maydonlari qisqarishi hisobiga 16,2 foizga pasaydi. Keyingi yillarda shakllangan qishloq xo’jaligi rivojlanishining maqbul tendensiyalariga qaramay, uni kengaytirishning mavjud salohiyati va zaxirasi o’sishiga to’sqinlik qilayotgan ayrim muammolar mavjud. 1. Cheklangan tabiiy va odam resurslaridan samarasiz foydalanish. 2. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga taqqoslaganda mehnat unumdorligi o’sishining sekinroq sur’ati. Buning ustiga O’zbekistonda qishloq xo’jaligi mehnatining unumdorligi qiyoslanadigan mamlakatlardagiga qaraganda – 4,7 baravar past. 3. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va tashish uchun infratuzilma va logistika obyektlari yetishmasligi. 4. Aholi soni o’sib borayotgan bir sharoitda suv resurslarining yetishmasligi va suvdan nooqilona foydalanish. 5. Tuproqning sho’rlanganligi va eroziyasi ulushi yuqoriligi oqibatida ekin yerlari, yaylovlar, ozuqa yetishmasligi. 6. Qishloq xo’jaligining past unumdorligi. 7. Meva va sabzavotlarni saqlash va tashishdagi nobudgarchiliklar. 8. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yuqori boshqaruvchi to’siqlar mavjudligi. 9. Kadrlar tayyorlash markazlarini rivojlantirishning past darajasi. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish istiqbollari va tarkibiy qayta o’zgartirishlarni amalga oshirish: Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling