7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishI. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishI. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1798214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-МАЪРУЗА



7-MAVZU. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKChILIKNING 
ShAKLLANIShI. O’ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING 
RIVOJLANIShI. 
REJA: 
1. 
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasida 
bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va 
xususiyatlari.
2. 
Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy 
islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Pul islohotining 
o‘tkazilishi.
3. 
Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning 
vazifalari va yo‘nalishlari.
4. 
Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi. Makroiqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga erishish.
5. 
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni 
O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
6. 
Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-
moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi 
islohotlar. 
 
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. O‘zbekiston 
Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, 
bosqichlari va xususiyatlari. 
Iqtisodiyotni modernizasiya qilish konsepsiyasi. Jahon amaliyoti tahlili 
ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o’zgarishlar 
dasturini amalga oshirish orqali aksariyat rivojlangan mamlakatlar innovasion 
omillarga asoslangan barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlaganlar. Bu borada 
Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotni 
modernizasiyalash strategiyalarini amalga oshirish asosida barqaror iqtisodiy o’sish 
sur’atiga erishgan hamda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga 
oshirgan. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizasiyalash va 
uning tarkibini diversifikasiyalash asosida innovasion taraqqiyot yo’liga o’tish 
vazifalari hal etilmoqda.
O’zbekistonda 2000 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi 
bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo’jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularni nazorat qiluvchi 
organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor 
qaratildi. 2002 yildan boshlab import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish 
hamda ishlabl chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yildagi “Iqtisodiyot real sektori 
korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, 
modernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat 
banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari va bankrot 
korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balaansiga berish 


mexanizmi belgilab berildi. Mazkur korxonalarni modernizasiyalash va barqaror 
rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarni jalb etish maqsadida 
xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar 
strategiyasida “tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
yetakchi tarmoqlarini modernizasiyalash va diversifikasiyalash hisobidan uning 
raqobatbardoshligini oshirish” ustuvor vazifa sifatida ta’kidlangan.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling