7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishI. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishI. Reja


Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1798214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-МАЪРУЗА

Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning 
vazifalari va yo‘nalishlari. 
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bozorning ko’p bo’g’inli 
infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega 
bo’lmasdan bozor mexanizmlari to’liq ishlay olmaydi. O’tish davrida bozor 
infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko’plab amaliy tadbirlar 
amalga oshirildi.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakllantirish va ularni 
samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi 
tushuniladi. 
№ 
Infratuzilma turlari 
Infratuzilma tarmoqlari 

Ishlab 
chiqarishga 
xizmat 
qiluvchi 
infratuzilma 

Transport 

Aloqa 

Ombor xo’jaligi 

Yo’l xo’jaligi 

Suv va energetika ta’minoti va boshqalar 

Tovar va xomashyo 
bozorida 
xizmat 
qiluvchi infratuzilma 

Birjalar 

Savdo uylari 

Auksionlar 

Tijoratchilik idoralari 

Reklama firmalari 

Savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat 
muassasalari 

Moliya-kredit 
munosabatlariga 
xizmat 
qiluvchi 
infratuzilma 

Banklar 

O’zini o’zi kreditlash idoralari 

Sug’urta kompaniyalari 

Moliya kompaniyalari 

Soliq undirish idoralari 

Pul jamg’armalari 

Aholiga 
xizmat 
qiluvchi 
(ijtimoiy) 
infratuzilma 

Uy-joy va kommunal xizmati 

Madaniyat 

Sog’liqni saqlash 

Aholini ishga joylashtirish xizmati (mehnat 
birjalari) 

Axborot infratuzilmasi 

Iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan 
axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, 
umumlashtiruvchi vositalar 

Sotish bilan shug’ullanuvchi kompaniyala, 
firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari 
Islohotlar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo’g’inlari – turli 


muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi vujudga keldi. Avvalambor, ishlab 
chiqarishga xizmat qiluvchi – transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va 
ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. 
Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi – tovarlar va xomashyo birjalari, 
biznes inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, 
auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat 
qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam – mahsulot 
yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bo’ldi. Davlat 
buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga 
mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning o’rniga tovarlar bozorini 
shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O’zbekistonda 1991 yilning avgustidan 
“O’zbekiston” respublika universal agrosanoat birjasi, “O’zulgurjibirjasavdo” – 
O’zbekistonda ulgurji va birja savdosi bo’yicha respublika davlat-aksiyadorlik 
uyushmasi (1994 yil mart), “Toshkent” respublika tovar-xomashyo birjasi (1994 yil 
8 aprel) va boshqa birjalar faoliyat ko’rsatmoqda. 1992 yil 12 avgustda O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida” Qaror 
qabul qildi. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida 
ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, 
xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga 
keldi. 
Xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi 
infratuzilma – yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta 
kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi. 
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bo’lgan turli zararlardan 
himoya qiluvchi sug’urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor 
munosabatlariga xizmat qiluvchi “O’zbekinvest” (1994 yil 13 aprel), 
“O’zagrosug’urta” (1997 yil 25 fevral), “Kafolat” (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik 
sug’urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko’plab xususiy sug’urta kompaniyalari, 
shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo’shma sug’urta 
kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002 yilda sug’urta kompaniyalarining soni 28 
taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 
turdan ortiq yo’nalish bo’yicha sug’urta xizmati ko’rsatmoqdalar. “Sug’urta 
faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi (2002 yil 5 aprel), Prezideyent 
farmoni bilan 2002 yil 1 fevraldan boshlab sug’urta tashkilotlarining 3 yil muddatga 
daromad solig’idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug’urta bozorini yanada 
erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Hozir sug’urta tashkilotlari 
aholiga, korxonalar va tashkilotlarga 40 dan ortiq turdagi sug’urta xizmati 
ko’rsatadi. Mamlakatimizda sug’urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari bor. 
Respublikada majburiy sug’urta bilan faqat davlat-aksiyadorlik sug’urta 
tashkilotlari shug’ullanadi va ular majburiy sug’urtaning qishloq xo’jaligi 
korxonalari mol-mulki; fuqarolarning mol-mulki; yo’lovchilar; harbiy xizmatchilar; 
soliq xizmati xizmatchilari; uchuvchilar tarkibi; xavfli kasblar; fuqarolik mas’uliyati 
sug’urtasi turlarini amalga oshiradi. 


Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga 
aylandi. Negaki, iqtisodiy tizim o’zgarayotgan payta malakasiz kishilargagina emas, 
ma’lum ixtisosga ega bo’lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi 
kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko’payishiga yo’l qo’ymaslik 
tadbirlari ko’rildi. 1993 yildan O’zbekistonda Mehnat birjalari paydo bo’ldi. 
Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga 
oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Harb ir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. 
Ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni kasbini o’zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik 
bo’yicha nafaqa to’lash yo’lga qo’yildi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishga e’tibor 
berildi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu 
jarayon ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat turli kompetensiya jamg’armalari 
tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va 
stipendiyalar muntazam sur’atda oshirib borildi. 
Qishloq xo’jaligi O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosiy 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun 
foydalaniladigan yer mamlakat hududining 45 foizini egallaydi, aholining qariyb 50 
foizi qishloq joylarda yashaydi. 
Tarmoq suv va o’rmon xo’jaligi bilan birgalikda 3,6 mln kishining (umuman 
iqtisodiyotda band bo’lganlarning 27 foizi) bandligini va mamlakat yalpi ichki 
mahsulotining 32,4 foizini ta’minlaydi. Bundan tashqari, meva-sabzavot va 
chorvachilik mahsulotlarining katta ulushini yetishtiruvchi 4,7 mln dehqon 
xo’jaliklari egalari ham, garchi ular ko’pincha iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida 
band bo’lsalar ham, qishloq xo’jaligida band bo’lganlar deb hisoblanadi. 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti O’zbekiston Respublikasiga jami holda 
qariyb 20-25% daromadlarni keltiradi. Agraroziq-ovqat mahsulotlarining 180 tadan 
ortiq turi jahonning 80 ta mamlakatiga eksport qilinadi, tovarlar eksporti umumiy 
hajmining 20 foizi ular ulushiga to’g’ri keladi. 
Agrar islohotlarni izchil amalga oshirish quyidagi asosiy tendensiyalar va 
natijalarni ta’minladi. 
1. Agrar sektorni barqaror rivojlantirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
yetishtirishning o’sishi. 
2. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi hatto uni qayta ishlash mahsulotlari hisobga 
olinmasdan mamlakat iqtisodiyoti tuzilmasida 32,4 foizni tashkil etadi, uning 
mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar hisobga olinganda esa yalpi ichki 
mahsulotning qariyb 40 foizini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligining har yilgi yalpi 
ichki mahsulot o’sishidagi to’g’ridan-to’g’ri ulushi o’rtacha 1,1 foizni (yoki butun 
o’sishning 13,5 foizini) tashkil etadi. 
3. Ishlab chiqarishning o’sishi qishloq xo’jaligi ekinlarining amalda barcha 
turlari uchun xosdir. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 1,5 baravar (o’rtacha 
yillik o’sish sur’ati 8,5%, go’sht-sut mahsulotlari – 1,4 baravar (6,7%), don – 8%ga 
(2,2%) o’sdi. Parrandachilik (yillik o’sish 12%) va baliqchilik (5,1 baravar) yuqori 
sur’atlarda rivojlandi, paxta xomashyosi yetishtirish esa ekin maydonlari qisqarishi 
hisobiga 16,2 foizga pasaydi. 


Keyingi yillarda shakllangan qishloq xo’jaligi rivojlanishining maqbul 
tendensiyalariga qaramay, uni kengaytirishning mavjud salohiyati va zaxirasi 
o’sishiga to’sqinlik qilayotgan ayrim muammolar mavjud. 
1. Cheklangan tabiiy va odam resurslaridan samarasiz foydalanish. 
2. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga taqqoslaganda mehnat unumdorligi 
o’sishining sekinroq sur’ati. Buning ustiga O’zbekistonda qishloq xo’jaligi 
mehnatining unumdorligi qiyoslanadigan mamlakatlardagiga qaraganda – 4,7 
baravar past. 
3. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va tashish uchun 
infratuzilma va logistika obyektlari yetishmasligi. 
4. Aholi soni o’sib borayotgan bir sharoitda suv resurslarining yetishmasligi va 
suvdan nooqilona foydalanish. 
5. Tuproqning sho’rlanganligi va eroziyasi ulushi yuqoriligi oqibatida ekin 
yerlari, yaylovlar, ozuqa yetishmasligi. 
6. Qishloq xo’jaligining past unumdorligi. 
7. Meva va sabzavotlarni saqlash va tashishdagi nobudgarchiliklar. 
8. Qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yuqori boshqaruvchi 
to’siqlar mavjudligi. 
9. Kadrlar tayyorlash markazlarini rivojlantirishning past darajasi. 
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish istiqbollari va tarkibiy qayta o’zgartirishlarni 
amalga oshirish: 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling