7-mavzu: jamoa oʻrtasidagi muloqot 1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering
Download 88.23 Kb.
|
7-мавзу
3-topshiriq.Matnni so’zlab bering.
MATBUOT KONFERENSIYASI Matbuot konferensiyasi (yangiliklar konferensiyasi, ommaviy axborot vositalari konferensiyasi) ommaviy axborot vositalariga aytishga arziydigan yangiliklar bo‘lganda hamda chuqur yondashuv va muhokama kerak bo‘lganda press-reliz jo‘natish orqali ta’minlanish ehtimoli bor. Matbuot konferensiyalarini o‘tkazishning ikkita asosiy sababi bo‘ladi. Birinchisi o‘nlab telefon qo‘ngʻiroqlariga javob berishdan ko‘ra muxbirlarning ko‘plab savollarini oluvchi taniqli shaxs ularga bir vaqtning oʻzida javob bera oladi. Ikkinchisida esa avval muxbirlarga qiziq bo‘lmagan yangilikka jalb qilishga urinishi mumkin. Matbuot konferensiyasida bir yoki undan ortiq soʻzlovchilar bayonot qilishlari mumkin va bu keyinchalik muxbirlar tomonidan davom ettirib ketiladi. Ba’zida faqat savollar beriladi, ba’zilarida esa faqat bayonot berilib savollarga ruxsat berilmaydi. Matbuot anjumani muxbirlarga savollar berish, tushuntirib berishlar, kvotalar va fotosuratlar olish imkonini beradi. Matbuot anjumanini tashkillashtirishda quyidagilar yodda saqlanishi kerak: Anjumanga taklifnomalar u o‘tkazilishidan bir hafta oldin jo‘natilishi kerak. Anjuman o‘tkazilishiga yaqinroq kunlarda, bir yoki ikki kun avval, qo‘ngʻiroq tadbirni muxbirlarning yodiga tushiradi. Matbuot anjumanini ertalab 9-11 gacha yoki kech soat 16-19 larda tashkillashtirishingiz kerak. Bundan kech yoki oldin muxbirlar keyingi kun gazeta nashriga qadar maqola yozishga ulgurmaydilar. Eng maqbuli, anjumanda bir qancha insonlar qatnashishidir: muxbirlar boshlashini biluvchi va bunga ko‘maklashuvchi matbuot uchun mas’ul shaxs. Masala (loyiha, reliz, Hayriya, ochilish, yoki shunga o‘xshash) yuzasidan 10 daqiqali bayonot bildiruvchi bir ikki shaxs, bundan so‘ng kurator muxbirlarga savol berishlari uchun soʻz beradi. Jami matbuot anjumani 45 daqiqada yakunlanishi kerak. Bundan so‘ng, alohida suhbat/ intervyular berilishi mumkin. Matbuot to‘plami, odatda, anjumanda tarqatilib, press-reliz, tashkilotchilar haqidama’lumotlar, hisobotlar, tadqiqot natijalari, dalillar keltirilgan ma’lumotnomalar, ekspertlar ro‘yxati va hokazolarni oʻz ichiga oladi. Ba’zan hatto,ki ma’lumotlar plyonkaga olingan yoki foto material tarqatiladi. Konferensiyadan so‘ng matbuot to‘plamini oʻz vakilini jo‘natgan nashriyotlarga xabarchi orqali jo‘natishingiz kerak. Muxbirlar «Matbuot konferensiyasi matbuotda yoritilish uchun jar solinishi kerak» deyishni yoqtirishadi, bu ularda yoritilayotgan xabarlar so‘nggi kutilmagan bo‘lishi kerakligini anglatadi. Agar, konferensiya chaqirilsa-yu, ammo, unda bunday yangilik bo‘lmasa muxbirlar bu yangilikni unutishadi – va hatto, kelgusi konferensiyada so‘nggi kutilmagan yangilik bo‘lsa ham bu tadbirda hech ko‘rinish bermaydi. Matbuot konferensiyalarining kyengayishi sababli nashriyotlar ko‘p hollarda ularni yoritish uchun boshlovchilarni jo‘natadilar. Agar, mumkin bo‘lsa, matbuot konferensiyalarining o‘rniga matbuot tadbirlari tashkillashtirilishi kerak. Ammo, kimdir matbuot konferentsiyasini tashkil etishga qaror qilsa, e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan bir necha maxsus tafsilotlar mavjud.Ular quyidagilar: Matbuot konferensiyaning tizimli ro`yxati JOYI Jamoat transportiga tez yeta oladigan; Avtomobillar to`xtash joyining mavjudligi; Aniq adres, telefon, va faks raqami; Kirishda qayd etish stoli bilan muxbir salomlashib kutib oluvchi shaxs; Agar, chet ellik muxbirlar kutilayotgan bo`lsa, tarjima budkasi. Download 88.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling