7-mavzu: jamoa oʻrtasidagi muloqot 1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering


Download 88.23 Kb.
bet7/11
Sana14.12.2022
Hajmi88.23 Kb.
#1005677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-мавзу

SHO’BA BOSHQARUVI UCHUNMASLAHATLAR

  1. Sho’bani qatnashchilarga salomlashuv bilan boshlang. «Mehribon, ammo, qat’iy» munosabatni ko`rsating. Qayishqoqlik, ta’sirchanlik, qiziquvchanlik, ruhlantiruvchi xulq-atvor.

  2. Qatnashuvchilarga sho’ba mavzusi va shu’bani qanday boshqarishingiz xususida rejalaringizni ayting.

  3. Mavzu bo`yicha asosiy masalalarni ko`tarib 5 daqiqa atrofida nutq so`zlang.

  4. Guruhning boshqa guruh a’zolarini muhokama qilinayotgan masalalariga qarashlarini ifoda etishlarini taklif qilib tajribalarni so`rang. Suhbatda ustun turishdan ko`ra, so`ralayotgan masalalarni tajribasi bilan bog`lay oladigan qatnashchilarga savollar bering.

  5. Ishtirokchilarnig qiziqishlari eng yuqori nuqtaga etguncha asosiy masalalar va kichik masallarni muhokamasini davom ettiring.

  6. Ishtirokchilardan savollar berishlarini taklif qiling va javob kamligi holatida (imkoni bo`lganda) yo`naltiruvchi savollar orqali qatnashchilarning ismlari bilan muhokamaga qiziqtiring.

  7. Kimningdir qarashlari ustun bo`lmasligiga imkon bermay muhokamani muvozanatini tutib turing va bir me’yorda saqlang.

  8. Har bir ishtirokchi o`zini qiziqtirgan masalalar bo`yicha fikrlarini vaqtga ko`ra almashganiga amin bo`ling.

  9. Siz tomoningizdan tayinlangan ko`ngilli ishtirokchi Sho’bada muhokama etilgan asosiy punktlarni qayd etib borayotganiga amin bo`ling.

  10. Mashg`ulot so`ngida qatnashchilarni e’tiborlari va qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiring.



4-topshiriq. Taqdimot haqidagi ma’lumotlardan foydalanib mavzu doirasida o’z taqdimotingingizni tayyorlang.
Taqdimot uchun tayyorgarlik.

Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki oʽz nuqtai nazarini taqdim etishdir.


Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yigʻilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.

Download 88.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling