7-Mavzu. Jamoagi nizolar va ularni boshqarish


Download 51.5 Kb.
bet2/2
Sana08.02.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1177812
1   2
Bog'liq
Lsb 1-mavzu amaliy

2. Nizolarni boshqarish.
Nizoli vaziyatlarni boshkarishning bir kator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bulish mumkin:

  1. Tarkibiy-tashkily usullar:

  1. Strategik usullar:

  • Uzoqlashish;

  • Silliqlashish;

  • Majburlash;

  • Kelishuv;

  • Muammoni hal qilish.

Tarkibiy-tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi:
Amaliy harakatga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir hodim va bo’limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:

    • Erishishi lozim bo’lgan natija ko’lami;

    • Kim axborotni topshiradi va kim uni qabul qiladi;

    • Mas’uliyat, javobgarlik va vakolat tizimi;

    • Aniq siyosat, tartib-qoidalar va h.k.

Rahbar bu masalalarni o’zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir xodim va bo’lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog’i lozim.
Nizoni boshqarish uning tomonidan ehtimol uning maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan harakatni taqazo qiladi, shu jumladan biri boshqasiga ham o’sishga imkon beradi, ham muammoni boshqaradi6.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, bo’ysunush tartibini o‘rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, tashkilotlar ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
Agar ikki yoki undan ko’proq bo’ysunuvchilar o’rtasida u yoki bu masala yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo’lsa, bunday ixtilofni ularning tegishli boshliklariga ayttirib hal qilish mumkin. Bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo’l keladi.
“Barcha nizolar umumiy element va umumiy rivolanish shakliga ega va bu umumiy elementlarni o’rganish ehtimol nizo fenomenini har qanday uning o’ziga xos ko’rinishida aks ettirishi mumkin”7.
Nizoli vaziyatlarni boshqarishda:

    • Boshqarish ierarxiyalarini;

    • Funksiyalararo aloqani ta’minlovchi xizmat bo’limlarini;

    • Funksiyalararo guruhlarni;

    • Maqsadli guruhlar va bo’limlararo majlislarni integratsiyalash ham juda katta rol o’ynaydi.

Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati — barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum:
Uzoqlanish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat kiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqkanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro manosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo’llaniladi.


1 Щепаньский Я. Элементарные понятия социологии. – М., 1969. – C. 200.

2 Анцупов А. Я., Шипилов А. И. Конфликтология. – Питер, 2007. – C.115.

3 Трушников Д. Ю., Трушникова В. И. История Конфликтологии. – Тюмень: ТюмГНГУ, 2009. – C.7.

4 Давлетчина С.Б. Конфликтология. – Улан-Удэ: ВСГТУ, 2005. – С.89.

5 Дружинин В. В., Конторов Д. С., Конторов М. Д. Введение в теорию конфликта. – М., 1989. – С. 8.

6 http://www.grandars.ru/college/sociologiya/upravlenie-politicheskim-konfliktom.html

7 Bouiding К. Conflict and Defence: A General Theory. – New York: Harper & Row, 1963. – P. 308.



Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling