7-Mavzu. Konchilik korxonalarida elektr tarmoqlarni o’tqazish. Reja


–rаsm. Hаr хil mаteriаllаrdаn tаyyorlаngаn hаvо liniyalаri izolyatorlаri


Download 2.79 Mb.
bet4/12
Sana20.10.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1713754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-Ma\'ruza

1.26–rаsm. Hаr хil mаteriаllаrdаn tаyyorlаngаn hаvо liniyalаri izolyatorlаri: a) chinni; b) shisha; d) pоlimer



1.27–rаsm. Havo liniyalаri izolyatorlаrining ko‘rinishi

Yashindan himoyalovchi sim havo liniyalarni chaqmoq va yashin ta’siridan himoyalaydi va po‘lat simlardan tashkil topadi.




2. Kabel liniyalari vа ulаrni o‘tkаzish.

Kabel liniyalari – kon korxonalarining BPP lari sanoat tumani podstansiyalariga yaqin joylashgan va korxonalarning elektr iste’mol­chilari zich joylashgan hollarda elektrenergiyani uzatish uchun kabelli liniyalardan foydalaniladi.


Kabel liniyalari ishonchliligi va elektr energiyani zich joylashgan iste’molchilarga uzatishda qulayligi bilan HL dan farq qiladi. Lekin, KL lar HL laridan qimmat va shikastlangan joylarini aniqlashda va ta’mirlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Kabelli liniyalarni yerga (transhega) yotqizish, tonellar, maxsus ariqlar, estakadalarga va bino devorlariga mahkamlab o‘tkazish mumkin. Kabellarni transheyalarda yotqizish (1.28,a rasm ), kapital xarajatlarni kamligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Transheyalarda asosan, alyumin tolali, alyumin yoki qo‘rg‘oshin qobiqli zirhli kabellar – 0,7 m chuqurlikda yotqiziladi. Kabellar orasidagi masofa va ularning soni elektr energiyaning kuchlanish qiymati bilan aniqlanadi (10 kV gacha – 100 mm va 6 donagacha, 35 kV gacha – 250 mm va 3 donagacha). Kabellar yotqizilgan transheyani tagi­ga mayda tuproq yoki qum yotqiziladi va kabellar tuproq yoki qum bilan yopilib, mexanik shikastlardan muhofaza qilish uchun g‘isht yoki beton taxtacha bilan berkitiladi. Yotqiziladigan kabellarni soni ko‘p bo‘lsa (20–25 dona) maxsus tonellar quriladi (1.28,b rasm). Tonnellarda har turli kabellarni alohida yotqizish kerak. Tonnellar yaxshi shamollastilishi va suv bosishdan himoyalanishi shart. Kabellarni yotqizish uchun 600 mm dan 1200 mm gacha chuqurlikda qazilgan, bir tomonga nishab qilingan (0,1%) kanallar ham ishlatiladi va ustki qismi maxsus qurilmalar bilan berkitilib qo‘yiladi (1.28,d rasm). Korxona hududida kommunikatsiyalar soni ko‘p, yer osti suvlar agressiv, xavfli gazlar to‘planish ehtimoli bo‘lsa kabellarni ochiq qurilmalardan (galereyalardan, estakadalardan, binoning devorlaridan) o‘tkazish yuqori ishonchliligi, arzonligi bilan ajratib turadi. Kabellarni alohida bo‘laklarini bir–biriga ulash uchun qo‘rg‘oshindan, latun yoki misdan tayyorlangan muftalardan foydalaniladi. Kabellarning yotqizish va ularni nazorat qilish “Elektr qurilmalarni ishlatish qoidalariga” asosan bajarilishi kerak.

  1. b) d)






Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling