7. Mavzu: Kurs ishini yozish tartibi. Rеja


Mavzu: Psixolog ish joyini tashkil qilish


Download 266.02 Kb.
bet11/24
Sana21.06.2023
Hajmi266.02 Kb.
#1638323
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
МК (4)(1)

16. Mavzu: Psixolog ish joyini tashkil qilish
Reja:
1. Umumiy qoidalar
2. Psixologik xizmat xonasiga qoʻyiladigan talablar
3. Xonaning oʻquv va moddiy -texnik taʼminoti
4. Psixologik xizmat xonasida yuritiladigan va saqlanadigan hujjatlar
Umumtaʼlim maktablarida psixologik xizmat xonasi oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazining 2010 yil 30 sentyabrdagi 32-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumtaʼlim muassasalarida psixologik xizmat xonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma” asosida tashkil etiladi. Qoʻyida ushbu yoʻriqnoma bilan tanishishingiz mumkin.
Umumtaʼlim maktablarida psixologik xizmat xonasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma
I. Umumiy qoidalar
Psixologik xizmat xonasi Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarida barkamol insonni shakllantirish, oʻquvchilarning shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlanishini tashxis qilish, taʼlim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, oʻquvchilarning intellektual rivojlanishida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy ogʻishlarni oʻz vaqtida oldini olish, shuningdek, oʻquv jarayonida oʻquvchining qobiliyatlari, imkoniyatlari, oʻziga xos (individual) xususiyatlarini oʻrganish, kasb-hunarga moyilliklari, qiziqishlari va koʻnikmalarini hisobga olgan holda, ularga akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi taʼlim yoʻnalishini tanlashda koʻmaklashish, oilada, jamoada uning aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan turli nizolar sababli shaxsdagi ruhiy kechinmalarni yengillashtirish, stress holatlarni bartaraf etish, maktab pedagogik jamoasini hamda oʻquvchilar va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga qaratilgan turli mashgʻulotlar, oʻquvlar, maʼruzalar, treninglar, individual suhbatlarni yetarli jihozlar bilan taʼminlangan qulay sharoitda amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.

II. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari
Oʻquvchilar, oʻqituvchilar va ota-onalarga psixologik maslahat berish, psixologik tashxis, psixologik korreksiyaga oid tadbirlarni oʻtkazish, tarbiya va axloq masalalarida oʻqituvchilar va murabbiylar bilan hamkorlikda kechalar, davra suhbatlari, koʻrik – tanlovlar, korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar, psixologik treninglar va oʻquvchilar orasida tushuntirish ishlarini tashkil etish, shaxs va jamoaga faol ruhiy taʼsir oʻtkazishga oid ruhiy muvozanatlashtirish treninglarini olib borish, oʻquvchilarning layoqati, qiziqishi va qobiliyatlarini tashxis qilish hamda ularning qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashlariga koʻmaklashish uchun qulay sharoit yaratish.


Download 266.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling