7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
Elektrotexnika buyumlarini sertifikatlashtirishning
Download 123.5 Kb.
|
Ma\'ruza sifat 7-mavzu
Elektrotexnika buyumlarini sertifikatlashtirishning
xalqaro tizimi MEK (MEKSE). Elektrotexnika buyumlarini sertifikatlashtirish xalqaro tizimini yaratish g’oyasi 1926 yilda yuzaga kelgan edi. Germaniya, SHvetsiya, Norvegiya va Gollandiya vakillari xalqaro tashkilot tuzish to’g’risida birinchi xalqaro kengashni tashkil etishgan. Ushbu tashkilot elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari xavfsizligiga talablarni va ularni qabul qilish qoidalarini ishlab chiqishi lozim edi. Bir qator tashkiliy bosqichlarni o’tishi natijasida zamonaviy xalqaro tizimi ya’ni, MEKSE – xavfsizlik standartlariga muvofiqlik bo‘yicha elektr jixozlarini sinash bo‘yicha MEK tizimi shakllandi. MEKSE – xavfsizlik standartlariga muvofiqlik bo‘yicha elektr jihozlarini sinash bo‘yicha MEK tizimi 1985 yili tashkil etilib, u 34 mamlakatni birlashtiradi. MEKSE – xavfsizlik standartlariga muvofiqlik bo‘yicha elektr jixozlarini sinash bo‘yicha MEK tizimining maqsadi – elektrotexnika sohasidagi mutaxassislar tomonidan emas, balki oddiy iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan elektr jixozlari xalqaro savdosiga ko’maklashishdir. Bunday mahsulotlar qatoriga ko’p lab elektr maishiy buyumlar (elektron va elektrotexnik buyumlar) kiradi: maishiy elektr jixozlar, tarmoqka ulanuvchi elektron apparatura, yoruglik texnik tovarlari, tibbiyot elektr apparaturasi, elektron-hisoblash mashinalari, ofislar va korxonalar elektr jixozlari va boshqa lar. Bunday buyumlarni xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish barcha mamlakatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonuniy hujjatlarida ko‘zda tutilgan. Elektr jixozlari bilan savdo qilishdagi texnik to’siqlarni bartaraf qilishning asosiy usuli bo’lib, boshqa tovarlardagi singari ishtirok etuvchi mamlakatlarda amalga oshirilayotgan sinov va sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish hisoblanadi. MEKSE sertifikatlashtirish tizimidagi SB sxemasi (CBSsheme) ushbu yo’nalishga kumaklashishga qaratilgandir. Ushbu jarayon MEKSE tizimida milliy sertifikatlashtirish tizimlarida keltirilgan xavfsizlik standartlariga muvofiqlik bo‘yicha elektr jixozlarini sinash natijalarini tan olishdir. O‘zaro tan olishning asosiy sharti standartlar va sinov metodlarini uygunlashtirish hisoblanadi. SB sxemasiga a’zo mamlakatlar ularga milliy sifatda tavsiya qilingan MEKning xavfsizlik standartlariga muvofiq tarzda sertifikatlashtirishni o‘tkazishga majburdirlar. MEKSE sertifikatlashtirish tizimida ishtirok etuvchi mamlakatlarning vakillari SB sxemasiga a’zo bo’lishlari mumkin. SB sxemasiga a’zo bo’lishning ikki toifasi mavjud: - «sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organni tan oluvchi», bu mamlakatda MEKning bir yoki undan ko’p bo‘lgan standartlari bo‘yicha SB sxemasi sertifikatlarini tan olish; - «sertifikatlashtirishni tan oluvchi va beruvchi bo‘yicha milliy organni tan olish», bu sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan SB sxemasi bo‘yicha sertifikatlarni berish huquqini bildiradi. Ushbu toifa bo‘yicha a’zo bo’lish uchun MEKSE SB sxemasida qabul kilingan qoidalar bo‘yicha bir yoki bir necha sinov laborotoriyalarini akkreditatsiya qilish zarur bo’ladi. SB sxemasiga a’zo bo’lishga tayyor bo‘lgan mamlakatlar uchun assotsiatsiyalangan a’zolik ko‘zda tutilgan. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling