7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish amaliyoti


Download 123.5 Kb.
bet12/15
Sana24.03.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1291215
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 7-mavzu

O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish amaliyoti.
Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish tovar va xizmatlar sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tovarlarni nisbati doimiy tarzda nazorat qilib boriladi. Tovarlarning sifatini miqdoriy jixatdan tavsiflovchi fan kvalimetriya hisoblanadi. Tovarlarning yoki xizmatlarning sifatini baholashda ularning sifat ko’rsatkichlarini me’yoriy hujjatlardagi normalarga mosligi tekshiriladi. Tovarlarni sifatini baholashda orgonoleptik (inson) va laboratoriya (fizik, kimyoviy) mikrobiologik tekshirish usullaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasida sifatni nazorat qilish va boshqarishni mamlakat miqyosida O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya agentligi amalga oshiradi. Bundan tashqari mamlakatimizda 90 ga yaqin sertifikatlashtirish va 300 ga yaqin sinov laboratoriyalari faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tartibi bir xil turdagi mahsulotning har bir turi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan qayd etiladigan sertifikatlashtirish qoidalariga muvofiq keluvchi tartibda amalga oshiriladi.
Mahsulotning tashqi tavsifnomalari va dizaynini o‘zgarishi sertifikatlashtirish jarayonida ilgari tekshirilgan xavfsizlik tavsifnomalariga ta’sir etmasa, u holda zamonaviylashtirilgan mahsulot uchun qo’shimcha sertifikatlashtirish o‘tkazilmaydi. Mahsulotning xavfsizligi bo‘yicha majburiy tavsifnomalar standartlashtirish bo‘yicha mos ravishdagi normativ hujjatlar bilan aniqlanadi.
«Mahsulotlarni sertifikatlashtirishini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 06.07.2004 yildagi № 318-sonli qaroriga 1-ilovada keltirilgan nizom majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishga nisbatan qo’llanadi.
Majburiy sertifikatlashtiriladigan va shunga muvofiq muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanadigan mahsulotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Sertifikatlashtirish qoidaga ko‘ra ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich «Uzstandart» agentligida akkreditatsiya qilingan sanitariya nazorati organlari tomonidan gigienik sertifikatni rasmiylashtirishni o‘z ichiga oladi. Bunda zaruriyatga qarab davlat veterinariya nazorati organlari va o’simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatidan veterinar va fitosanitar xulosalarini olish zarur bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bunda gigienik sertifikatni olish uchun ariza bilan bir qatorda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o’tgan sertifikatlashtirish organlariga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza berishga haqlidir. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyati sub’ekti mos holdagi xulosalarni olish uchun veterinar va fitosanitar organlariga murojaat qilishga haqlidir.
Ikkinchi bosqichda sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish organlari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan berilgan yozma arizaga muvofiq ravishda sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha agentlik xizmatlarini ko’rsatishi va davlat sanitariya nazorati organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, o’simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati, hamda tabiatni muhofaza qilish davlat organlaridan zarur bo‘lgan barcha xulosalarni olishga haqlidir.
Bunda majburiyatni hamda probalarni to’g’ri tanlash va ularni mutasaddi davlat organlariga berish bo‘yicha ma’suliyatni sertifikatlashtirish organlari o‘z zimmalariga olishadi.
Ko’rsatilgan xizmatlar uchun tulovlar O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligida deklaratsiyalashtirilgan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etilgan kundan boshlab ishlarning murakkablik darajasi, mehnat talabligi va o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra 10 ish kunidan 1 oygacha belgilangan.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling