7-Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
Xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish amaliyoti
Download 123.5 Kb.
|
Ma\'ruza sifat 7-mavzu
Xorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish amaliyoti
Evropa Hamjamiyati (EX)ning sifat borasidagi siyosati. XX asrning 90- yillarida Evropa Hamjamiyati (EX) da mahsulot sifati borasida yangi siyosat qabul qilindi va u «Evropa Hamjamiyati (EX) ning sifat borasidagi siyosatining elementlari» KES deb nomlangan hujjatda o‘z aksini topdi. Evropa Hamjamiyati (EX)ning sifat borasidagi siyosatining maqsadlari quyidagilardan iboratdir: - sifat borasidagi umumiy maqsadlarni ishlab chiqish uchun milliy va yagona bozorlar sifatiga bo‘lgan talablarni muvofiqlashtirish; - sifatni doimo yaxshilash uchun sharoitlarni ta’minlash; - xususiy va davlat sektorlari sifatiga qo’yiladigan talablarning yaqinlashuvi sababli sifatni oshishi; iste’molchilarning ehtiyojlarini yanada chuqurroq qondirish maqsadida va korxona va tashkilotlar sifatiga ta’sir etishni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqarish strukturasini jahon tendensiyalariga muvofiq holda o‘zgartirish; - Evropa Hamjamiyati (EX) mamlakatlari korxonalari uchun sifatni boshqarishning turli xil metodlaridan foydalanish orqali ularning raqobatbardoshligini oshirish va Evropa Iqtisodiyotining pozitsiyalarini mustaxkamlash; sanoat saloxiyatidan foydalanishni yaxshilash, innovatsion faoliyat va korxona rivojlanishining ilmiy-texnik qo’llab-quvvatlash. Sifat borasidagi Evropa siyosatining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: 1) kooperatsiya va o‘zaro to’ldirish; 2) bazali yondoshuv; 3) ijtimoiylik; 4) strukturalilik; 5) yangi sifat konsepsiyasidan foydalanish 6) internatsionalizatsiya. Yuqoridagi tamoyillar asosida Evropa sifat dasturi EQP (European Quality Programm) yaratilgan. Dasturning asosiy maqsadi – ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash natijasida raqobatbardoshlikni oshirishga yo’naltirilgan Evropa Hamjamiyati (EX)ning butun Iqtisodiyotini say-harakatlarini birlashtirish. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling