7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi


Download 123.51 Kb.
bet19/29
Sana07.01.2023
Hajmi123.51 Kb.
#1081621
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

4.1-masala. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilim­larga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni xosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish deb bir va undan ortik, chin muloxazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga utishdan tashkil topadi.To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin muloxazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Pla­ton yunon faylasufidir» degan ikki chin muloxazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. CHunki bu muloxazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yuk.
Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chikmaydi. Masalan «Talaba A — a’lochi» degan muloxazadan «Talaba A — odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, anikrogi, xulosa chiqarish qoidalarining katiyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yunalishiga ko‘ra bir kancha turlarga bulinadi.
Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yunalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalrok bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa tuplari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, (deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (tulik induksiyani xisobga olmaganda) va analogiya extimoliy xulosa chiqarish, deb olib karalishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida urganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga utishning mantiqan zaruriy
harakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosachiqarishdir.
Faqat birgina muloxazaga asoslangan holda yangi bilimlarning xosil kilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bunda asos muloxazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining mikdor va sifat harakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:

Download 123.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling