7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi


Download 123.51 Kb.
bet20/29
Sana07.01.2023
Hajmi123.51 Kb.
#1081621
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)

Aylantirish (lot.-obversio) - shunday mantiqiy usulki, bunda tasdiq hukmlarni inkorga, inkor hukmlarni tasdiqka aylantirish yuli bilan xulosa chikariladi. Masalan Ba’zi xayvonlar kuruklikda yashaydi. Demak, ba’zi xayvonlar kuruklikda yashamaydi.
Bunda tasdiq hukmlar umumiy inkorga, umumiy inkor umumiy tasdiqka aylantiriladi. Bunday paytda faqat chegaralash yuli bilangina to‘g‘ri xulosaga kelish mumkin. Masalan. Hamma kosmonavtlar uchuvchi (to‘g‘ri). Demak, xech bir uchuvchi- kosmonavt emas (xato). Ba’zi uchuvchilar kosmonavt emas (to‘g‘ri).
Kisman(juz’iy) inkorni juz’iy tasdiqka, juz’iy tasdiqni juz’iy inkorga aylantirganda to‘g‘ri xulosa chikaveradi. Bundan tashkari asoslari murakkab hukmlardan iborat bo‘lgan hukmdan bevosita xulosa chiqarish mumkin: Agar tovar ishlab chiqarish tugatilsa, kiymat qonuni tugatiladi. Kiymat qonuni tugatilsa , tovar ishlab chiqarish tugatiladi.
Uning sxemasi : Agar A bo‘lsa, V bo‘ladi. Demak, V bo‘lsa, A bo‘ladi.
Bundan tashkari deduktiv xulosa chiqarishning predikatga qarama-qarshikuyish va mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish kabi shakllari mavjud.
2. Almashtirish (lot.-conversio) - shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan muloxazadagi sub’ekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chikariladi.
Almashtirishda berilgan muloxazadagi terminlar xajmi e’tiborga olinishi shart. Agar berilgan muloxazadagi terminlar xajmiga e’tibor berilmasa, xulosa noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin: Masalan,
Hamma insonlar tirik mavjudotlardir
Hamma tirik mavjudotlar insonlardir
Xulosa xato, chunki berilgan muloxazada R - (tirik mavju­dotlar) tulik xajmda olinmagan, xulosada esa tulik xajmda olingan. YUqoridagi asosdan «Ba’zi tirik mavjudotlar inson­lardir» deb chikarilgan xulosa to‘g‘ri bo‘ladi.
Bundan tashkari deduktiv xulosa chiqarishning predikatga qarama-qarshikuyish va mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish kabi shakllari mavjud.
Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. Sillogizm kushib xisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi xisoblangan oddiy kat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki kat’iy muloxazadan uchinchi-yangi kat’iy muloxaza zaruriy tarzda kelib chikadi. Bunda dastlabki mu­loxazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor muloxaza bo‘ladi. Xosil qilingan yangi muloxaza dastlabki mu­loxazalardan umumiyrok bo‘lmaydi. SHunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi muloxazalar berilgan bulsin:
Xech bir xasis saxiy emas.
Ba’zi boylap xasisdir.
Bu muloxozalardan zaruriy ravishda - «Ba’zi boylar saxiy emas», degan uchinchi muloxaza kelib chikadi. Sillogizmning tarkibi oddiy kat’iy muloxazalardan tashkil topgani uchun u oddiy kat’iy sillogizm deyiladi.

Download 123.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling