7-mavzu: Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi
SHartli (implikativ) hukm
Download 123.51 Kb.
|
7-мавзу Документ Microsoft Office Word (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekvivalentlik hukmlari
SHartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar...unda» mantiqiy boglamasi orqali birikishidan tashkil topadi. SHartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Xodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan xolatga aytiladi. Agar xodisaning sharti zaruriy bulmasa, xodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: «Agar o‘simlik suvsiz kolsa, u kuriydi».
Xodisa uchun etarli bo‘lgan shart deb, har safar shu shart bo‘lganda, usha xodisa kuzatiladigan xolatga aytiladi. Masalan: «Agar yomgir yogsa, unda uylarning tomi xul bo‘ladi». SHartlar «etarli, lekin zaruriy bo‘lmagan», «zaruriy lekin etarli bo‘lmagan», «zaruriy va etarli» bo‘lishi mumkin. SHartli hukm tarkibida asos va natija kismlari farqlanadi. SHartli hukmning «Agar» va «unda» so‘zlari oraligidagi kismi — asos, «Unda» so‘zidan keyingi kismi — natija deb ataladi. «Agar yomgir yogsa, unda uylarning tomi xul bo‘ladi» hukmida «YOmgir yogsa» hukmi asos, «uylarning tomi xul bo‘ladi» hukmi — natija xisoblanadi. Demak, asosda kursatilgan xodisa, natijada qayd etilgan xodisaning kelib chikishi uchun etarli shartni ifodalagan hukm, shartli hukm deyiladi SHartli (implikativ) hukmlar «agar ... unda» mantiqiy boglamasi (_-- ) belgi bilan ifodalanadi. Xozirgi zamon mantiq ilmida esa ( ) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. SHartli hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi - antetsedent, natijasi-konsekvent deyiladi. Implikativ hukm antetsedent-chin, konsekvent-xato bo‘lgan xolatdan boshqa hamma ko‘rinishlarda chin bo‘ladi: Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy boglovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o‘zaro bog‘lanishidan xosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday xolatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart xisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo‘ladi. Masalan» Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga koldiksiz bulinadi». Ekvivalent hukmning mantiqiy boglovchisi ( -- ) simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalana. Download 123.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling