7-mavzu. Menejmentda qaror qabul qilish


Download 1.8 Mb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1264824
1   2   3   4
Bog'liq
qurmed 7-MAVZU

Strategik qaror — bu korxonaning faoliyati bilan bog`liq bo`lgan maqsad va missiyalarning shakllanishi.
  • Mexnat turi bo`yicha qarorlar standart va standartmas qarorlarga bo`linadi. Standart, ba`zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o`zini ishlab chiqish va uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash mumkin bo`lgan qarorlar orasida shunday standart bosqichga etdiki, ularni matematik model shaklida tasvirlash mumkin. Ya`ni komp`yuter texnologiyasining texnik ishiga axamiyatli qismni kiritish imkoniyati tug`iladi. Nestandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar. Xal qilinadigan muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar xar doim jadallik va yangilikda namoyon bo`ladi. Biroq, standart emaslikning tavsifini diqqat bilan taxil qilish zarur. Chuqur, keng taxlilda bu xollar bir qator aloxida muammolarga bo`lib chiqilsa unchalik yangi emasligani ko`rish mumkin.
  • Shu tariqa boshqaruv qarorlari inson faoliyatining xar qanday doirasida tashkiliy boshlanishi bo`lib xisoblanadi. Uning asosida qonunlar tasdiqlanadi, moddiy-texnik, moliyaviy va mexnat resurslarini ishlatish rejalashtiriladi, ijrochilar va raxbarlar ma`suliyati oshiriladi va maqsadga etishda ularning o`rni belgilanadi.
  • 2. Boshqaruv qarorlariga qo`yiladigan talablar
  • Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili xisoblanadi, unda korxona, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimiy muammolari to`qnashadi va bir joyda to`planadi. Boshqaruv qarorlarining samaradorligiga bir qator omillar ta`sir ko`rsatadi:
  • - raxbariyatning yoki guruxning shaxsiy sifatlari;
  • - qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta`minoti;
  • - tashkiliy tavsif omillari (qaror ishlab chiqishga mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga etkazish shakli, nazorat tizimi va x.k.);
  • - texnikaviy omillar (elektronika vositalaridan foydalanish va x.k.);
  • - qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik omillar.
  • Bundam kelib chiqqan xolda boshqaruv qarorlarga quyidagi asosiy talablar qo`yiladi:
  • 1. Qabul qilinadigan qaror demokratik bo`lishi.
  • 2. Ilmiy asoslanganlik.
  • 3. Aniq yo`nalganlik.
  • 4. Aniq yo`naltirilganlik.
  • 5. Vaqt bo`yicha qisqa va aniq bo`lish.
  • 6. Qaror tez bajariladigan bo`lishligi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling