7-mavzu. Menejmentda qaror qabul qilish


Xar bir qarorni kerakli shaklda xujjatlashtirish


Download 1.8 Mb.
bet4/4
Sana12.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1264824
1   2   3   4
Bog'liq
qurmed 7-MAVZU

6. Xar bir qarorni kerakli shaklda xujjatlashtirish;
  • 7. Qarorni muxrlab qo`yish;
  • 8. Qarorni bajaruvchiga qo`yilishi;
  • 9. Qabul qilingan qaror bajarilishini tashkil qilish;
  • 10. Qaror bajarilishining nazorati va xisoboti. Xar bir bosqichni aloxida ko`rib chiqamiz:
  • - birinchi bosqich jamoadagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonni taxlil qilish asosida amalga oshadi. Bu bosqich raxbar va jamoa o`rtasidaga o`zaro munosabatga bogliq, raxbarni bu bosqichda ishlab chiqarish uzluksizligini ta`minlash maqsadida raxbar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni echishga katta e`tibor berishi kerak;
  • - ikkinchi bosqichda yig`ilgan axborot tasniflanadi, taxlil qilinadi va baxolanadi. Bu bosqich murakkab jarayon bo`lib malaka, bilim va tadbirkorlikni talab qiladi;
  • - uchinchi bosqichda axborotni yig`ish davom etadi, uning xaqiqiy imkoniyatlari baxolanib, bir-birini o`rnini bosadigan variantlar, ya`ni muqobillari ishlab chiqiladi. Muqobil variantlar mas`ul shaxslar tomonidan ishlab chi±iladi bevosita ra³bar nazorati ostida bo`ladi.
  • - to`rtinchi bosqichda muqobil qarorlarning taxdili, xar tomonlama muxokamasi asosida qarorlar ishlab chiqiladi. Qanchalik muqobil ko`p bo`lsa, qarorni optimal variantini tayyorlash shunchalik samarali bo`ladi. Boshqaruv qarorining turli variantlarini taxlil qilish va baxolash odatda ularning taxlili va xisobotini komp`yuterda taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Keyin diqqat bilan xar bir variantning baxosi ko`rib chiqiladi, shu asosda so`nggi va optimal variant tanlanadi (5-bosqich);
    • 6—7- bosqichlarda, shuningdek kam axamiyatli mazmunga ega bo`lgan, tanlangan qarorning aniq tasviri beriladigan bosqichdir. Bu jarayonda xujjatning ikki qismi ko`rib chiqiladi.: analitik va konstruktiv. Analitik qismida muammoni kelib chiqish sabablari, konsruktivlikda esa muammoni echish uchun vositalar va resurslar, asosiy yo`llar va uslublar ko`riladi. Qaror ishbilarmon xususiyatiga ega bo`lishi kerak. Boshqaruv qarorlari amaliyotda umumiy so`zlar bilan ko`pincha belgilanadi (majbur qilmoq, talab qilmoq, ko`rsatmoq, nazarda tutmoq va x.k.)
    • - Oxirgi va eng zarur boqich 8- va 10-bosqichlar bo`lib, bular qabul qilingan qarorni batafsil jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog`liqdir. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish, amalga oshirish (12-shakl) jarayoni aniq tizimli yondashishni nazorat qilishni talab qiladi:
    • - axborotning yagona kompleks tizimini yaratish. U ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismlarini qamrab oladi, o`z vaqtida va aniq korxonaning iqtisodiy, ijtimoiy-ruxiy axvolini tavsiflash;
    • - muammolar echishni tezlashtirish iqtisodiy ishlab chiqarish va ijtimoiy ruxiy muxitlar uning o`zgarishi bilan bog`liq;
    • - aloxida bo`lmagan va shu bilan birgalikda barcha variantli echimlar taxlili;
    • - ishlab chiqarishga ta`sir qiladigan kuchlarni aniklashgina emas, balki ular samaradorligini xam;
    • - taxlil qilish uchun operativ, xisob-kitob va statistikadan foydalanish (sxemaga qaralsin).
    • - noma`lum va noaniq vaziyatlarni baxolash va taxlil qilish, odatda, mavjud ishonchli ma`lumotlar orqali amalga oshiriladi. Bu xolda qabul qilinadigan qaror korxona o`z oldiga qo`ygan maqsadga bog`liq. Ba`zan qaror qabul qilish iqtisodiy-ijtimoiy tizimning rivojlanish qonuniyatiga va tendentsiyasi, shuningdek taxliliy xisob-kitoblar asosida amalga oshirish mumkin bo`ladi. Boshqa xollarda albatta muammoning chuqur taxlshsh va xar tomonlama birlashuvi kerak bo`ladi, ya`ni muammoga turlicha qarab kerakli taxlil va xisob-kitoblar o`tkaziladi;
    • - Qaror qabul qilish jarayonini soddalashtirish boshqaruv jarayonidaga mexnat doirasini pasaytiradi. Agar tizimli taxlil doimo foydalanilsa, qarorlarni ishlab chiqish usuli borgan sari soddalashib aniq xolatga keladi. Soddalashgan xoldagi qarorlar qabul qilish va ularning samarasini baxolash ko`pincha korxona faoliyatining taxlili takrorlanuvchi xolatida qo`llaniladi;
    • - mutaxassislar baxosi, mugaxassislar taxlili asosida olinadi. Bunday vaziyat xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan so`ng mutaxassislar mavjud qarorlar ro`yxati, mavjud fikrlar, takliflar va xulosalar bilan tanishib chiqadilar va o`z xulosalarini chiqardilar;
    • - bir gurux mutaxassislar tomonidan qandaydir qiyin muammoni ijodiy muxokama qilish. Bu usul jamoa tajribalari va jamoaning bilimlari, boshqaruvning echimlariga asoslanishi va shu bilan birga yaxshi g`oyalarning yuzaga kelishiga muxit yaratish xamda muxokamadagi ishtirokchilarning yaxshi tanlanganligi muqobil echimni topishga va muammoni to`g`ri xal qilishga katta ta`sir ko`rsatadi.
    • Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq xolda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo`naltirilgan dasturlar, tarmoqli fafiklarni, matritsali boshqaruv tizimini ishlab chiqish zarur. Bu tadbirlarni 3 guruxga ajratish mumkin:
    • 1. Qarorlarni o`z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish;
    • 2. Kadrlar va resurslar optimal joylashtirishi operativ zaxiralar shakllantirilishi;
    • 3. Qarorlar bajarilishini nazorat qilish.
    • Birinchi gurux tadbir. qarorlarni o`z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish. Bunda uni o`z xoliga tashlash mumkin emas, qarorlarni bajaruvchilarga bir-ikki oyda etib borishini kuzatish mumkin. Bu xolda u uz faolligini va mazmunini yo`qotadi, chunki u kech etib boradi.
    • Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul qilishga jalb qilish. Shu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror kontseptsiyasi va masalalar echimlari bilan tanishadilar. Ba`zan shu maqsadda ishlab chiqarish menejrlaridan komissiya tuziladi. Kelgusida ijro etuvchilar qarorlarni tayyorlashda ishtirok etishadi va bu echimlarni xaqiqatga yaqinroq qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini boshqalarga qaraganda yaxshiroq bilishadi.
    • Shuningdek, kollektiv muxokamada, seminarlarda yoki loyixa rejalashtirini qabul qilishda qatnashishganida ijobiy natijalarga erishadilar. Lekin, bu jamoachilik faqatgina ayrim shartlar bajarilganda yakkaboshchilik va aniq personal javobgarlikka ega bo`lganda amalga oshiriladi.
    • Ikkinchi gurux tadbir. Kadrlar va resurslar me`yori, shuningdek operativ rezervlar. Xar bir echim moddiy ta`minotga muxtoj bo`lib, odamlarning qayta tayyorlashga va almashtirishga to`g`ri keladi.
    • Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarni amalga oshishi va ishlab chiqarishni qayta qurish ishlarining uslub va shakllarini keskin o`zgarishiga olib keladi. Bu kadrlar tarkibiga xam ta`sir ko`rsatadi.
    • Uchinchi gurux tadbir. Nazorat, ya`ni chuqur malakali taxlil. Muntazam nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo`lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida bunday nazorat tashkilot aniq maqsad va kerakli vositaga erishishi uchun talab qilinadi.
    • Xulosa
    • 1. Iqtisodiy ma`noda boshqaruv qarori - jamiyat va shaxsning talabini qondirish maqsadida erkin va ongli xarakat dasturi.
    • 2. Qarorni ishlab chiqarish va qabul qilish - raxbar faoliyatining asosiy ish jarayoni.
    • 3. Strategii qaror — perspektiv qaror, unda iktisodni uzoqqa mo`ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilanadi.
    • 4. Bozor iqtisodiga o`tish qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari sifatiga katta talablar qo`yadi.
    • 5. Kech qolgan, shoshib chiqarilgan qaror samara bermaydi, aksincha, ishlab chiqarish natijalariga ziyon etkazishi mumkin.
    • 6. Qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish buyruq, farmoyish yoki reja bilan boshlanadi.
    •  
    • Savollar
    • 1. Boshkaruv karorlari kanday ko`rinishshrga bo`linadi?
    • 2. Tezkor va strategii karorlar nima bilan farklanadi?
    • 3. Boktsaruv karorlari samaradorligiga kanday omilpar ta`sir etadi?
    • 4. Boshkaruv karoriga kanday talab kuyiaadi?
    • 5. Boshkaruv karorlarining ilmiy asoslanganligi deganda nimani tushunasiz?
    • 6. Karorni bajarishning yakunlovchi boskichi deganda nimani tushunasiz?
    • 7. Karorning bajarshshshida nazorat kshshshdan kanday foydalaniladi?
    •  

    Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling