7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja
bayramlar - Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, xalqning qadimiy bayrami - Navro‘z tiklandi
Download 402.09 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu
bayramlar - Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, xalqning qadimiy bayrami - Navro‘z tiklandi.
Shu yo‘sin mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘ziga xos samarali tizimi yuzaga keldi. Respublikaning barcha viloyat, yirik shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy- ma’rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil, “Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Mehrjon” bayramlari, “Sharq taronalari” xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining ko‘rik tanlovlari, “O‘zbekistonVatanim manim”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Kelajak ovozi”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazib kelinmoqda. Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar xalqining betimsol boyligi, istiqlolning mustahkam poydevori va porloq istiqbol kafolatidir. Bugungi globallashuv davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo‘lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot g‘oya va mafkura, salbiy illatlar ta’siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda ajdodlaming orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o‘zida mujassam etgan bunday bebaho boylikni ko‘z qorachig‘iday asrash va uni ulg‘ayib kelayotgan avlodning ong-u shuuriga chuqur singdirish vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy an’analarga sadoqat, ajdodlardan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish mustaqil siyosat va milliy g‘oyaning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Tarix va madaniy meros millatning asosiy boyligi. Shu bois, madaniy merosga munosib voris bo‘lish uchun urf-odat va an’analarni asrab-avaylabgina qolmay, ularni yanada takomillashtirish lozim. Birinchi Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalar singari milliy madaniyat, san’atni izchil rivojlantirish, bu boradagi an’analami davom ettirish, uning eng yaxshi namunalaridan xalqni bahramand etish, ijodkorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlami yaratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Bu jarayonda turli vazirlik va idoralar, muassasalar, ijodiy birlashmalar bilan birgalikda jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining faoliyati buning dalilidir. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda madaniyat, fan va ta’lim sohasida avvalgi davr bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yutuqlarga erishildi. Chunonchi, mamlakatning barcha viloyatlari uchun an’anaviy bo‘lgan hunarmandchilikka e’tibor kuchaytirilib, bu soha davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quwatlanib kelinmoqda. Milliy hunarmandchilik sohasi an’ana va udumlarini tiklashga o‘z hissasini qo‘shayotgan kishilarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident va hukumatning milliy hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bir qator farmon va qarorlari qabul qilingani bunga misol b o‘la oladi. Download 402.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling