7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja
Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi
Download 402.09 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik”
Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi
Farmoniga binoan “Iyd al-Fitf’ (Ro‘za) va “Iyd al-Adho” (qurbon) hayit bayramlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Istiqlol davrida 90 mingdan ortiq O'zbekiston fuqarolari haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. Har yili boshqa diniy jamoalarning yuzlab vakillari Isroil va Rossiyadagi muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurmoqda. 2004-yil aprelda respublikadagi turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, millatlararo va dinlararo hamjihatlik yuzasidan takliflar va chora-tadbirlami birgalikda ishlab chiqish maqsadida din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoshida konfessiyalar ishlari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Ajdodlaming bebaho merosini mukammal o‘rganish va oliy malumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Prezidentning farmoni bilan 1999-yilda Toshkent islom universiteti ochildi. Bu ta’lim maskanida bugungi yosh avlodga ulkan va boy madaniyatning uzviy masalalari - islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi, tabiiy fanlar chuqur o‘rgatilmoqda. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi. Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017- 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda. So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Masalan, diniy tashkilot faoliyatini tugatish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati — adliya organlaridan sudlarga o'tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir marta hisobot taqdim etadi. Shuningdek, 2019 yilda millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, diniy- ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi, Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyati takomillashtirildi. Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuv yo'lga qo'yildi. Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model’ turli millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. Shu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlashdan iborat. Bu borada Asosiy qonunimiz — Konstitutsiya nafaqat jamiyat va davlat taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy bandlari rivojlangan jamiyatlarning huquqiy me’yorlariga mos keladi. Konstitutsiyaning 18, 31 va 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahriri 1998-yil 1-mayda qabul qilingan) har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlovchi, diniy qarashlami majburan singdirishni ta’qiqlovchi bandlari milliy, irqiy va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi totuvlikni hayotga tatbiq etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Din davlat siyosatiga aralashmaydi, shu bilan birga har qanday din, avvalo, ma’naviy- axloqiy hodisa bo‘lib, u muayyan bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini to‘laligicha o‘zida majassamlashtirishga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o‘z maqsad va vazifalaridan chetlashib ketadi. Ana shulardan kelib chiqib, mamlakatda diniy siyosiy partiyalar tuzish taqiqlanadi. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo‘lish bugun hayotiy voqelikka aylandi. Din va davlat munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, davlat organlarining mamlakat hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan aloqasini amalga oshirish, diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o‘tkazish, mamlakatda va chet ellarda diniy tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘matilishini tashkil etish, fuqarolaming mamlakatdan tashqaridagi muqaddas joylarga ziyoratga borishi, xalqaro anjumanlar o‘tkazilishini uyushtirishdan iborat. O‘tgan davr mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta’minlandi. Ushbu siyosat doirasida, turli millat va elatlar vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish boʻyicha yangi institutsional tizim joriy etildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etildi. Eʼtiborli jihati, ushbu islohotlar inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy va millatlararo munosabatlar sohasida umumeʼtirof etilgan huquq va erkinliklarni, yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari va bevosita Oʻzbekiston sharoitida konfessiyalararo va millatlararo munosabatlar shakllanishining tarixiy sharoitlarini ham hisobga olgan holda olib borilmoqda. Ushbu omillarni inobatga olish zarurati mamlakatimizda yashovchi turli millatlar va elatlar vakillari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini mustahkam saqlash, ularning diniy eʼtiqodlari va milliy his-tuygʻularini hurmat qilishni taʼminlashning muhimligiga asoslanadi. Shu nuqtai-nazardan qaralganda, Oʻzbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat taraqqiyotini mamlakatda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat vakillarining oʻzaro totuvligisiz, rasman roʻyxatdan oʻtgan 16 ta din va konfessiya vakillari oʻrtasida bagʻrikenglik munosabatlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Alohida taʼkidlash lozimki, xalqaro hamjamiyat ham mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasida ilgari surgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus Rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi muhim xalqaro qadam sifatida eʼtirof etildi. Mazkur hujjat barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga koʻmaklashish, eng muhimi, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir. Bularning barchasi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo munosabatlar sohasida yangicha yondashuv hamda strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanganidan dalolat beradi hamda bu tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratishi shubhasiz. Download 402.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling