7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi 
Farmoniga binoan “Iyd al-Fitf’ (Ro‘za) va “Iyd al-Adho” (qurbon) hayit bayramlari dam 
olish kuni deb e’lon qilindi. Istiqlol davrida 90 mingdan ortiq O'zbekiston fuqarolari haj 


ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. Har yili boshqa diniy jamoalarning yuzlab vakillari Isroil 
va Rossiyadagi muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurmoqda. 2004-yil aprelda respublikadagi 
turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, 
millatlararo va dinlararo hamjihatlik yuzasidan takliflar va chora-tadbirlami birgalikda ishlab 
chiqish maqsadida din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoshida konfessiyalar ishlari bo‘yicha 
jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Ajdodlaming bebaho merosini mukammal o‘rganish va oliy 
malumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Prezidentning farmoni bilan 1999-yilda Toshkent islom 
universiteti ochildi. Bu ta’lim maskanida bugungi yosh avlodga ulkan va boy madaniyatning 
uzviy masalalari - islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi, 
tabiiy fanlar chuqur o‘rgatilmoqda. 
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining millatlararo va konfessiyalararo 
totuvlikni o'rnatish siyosati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro 
huquqiy-me'yoriy hujjatlarga to'la mos keladi. 
Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash O'zbekistonning zamonaviy 
davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017-
2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilmoqda.
So'nggi to'rt yilda millatlararo munosabatlar va din sohasida 50 dan ortiq qonun hujjatlari 
va 40 ga yaqin qarorlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlarning aksariyati fuqarolarning dini va 
millatidan qat'i nazar, huquq va erkinliklarini kengaytirish, shu jumladan, jamiyat va davlat 
ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini oshirishga qaratilgan. Masalan, diniy tashkilot 
faoliyatini tugatish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatlari ijro hokimiyati — adliya organlaridan 
sudlarga o'tkazilib, ularning faoliyati erkinligining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Diniy 
tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji miqdori besh baravarga kamaytirildi, 
hisobotlarni taqdim etish davriyligi qisqartirildi. Bundan buyon diniy tashkilotlar faqat yilda bir 
marta hisobot taqdim etadi. Shuningdek, 2019 yilda millatlararo munosabatlar sohasida 
O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati kontseptsiyasi tasdiqlandi. Shu bilan birga, diniy-
ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha bir qancha qarorlar qabul qilinib, unga ko'ra, 
mazkur sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi 
kafolatlarini himoya qilish, turli millat va elatlar vakillari o'rtasida konstruktiv va o'zaro 
hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish bo'yicha yangi tizim joriy etildi. Xususan, 
Vazirlar Mahkamasi huzurida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik 
aloqalari qo'mitasi tashkil etildi, Din ishlari bo'yicha qo'mita faoliyati takomillashtirildi. 
Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo 
muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuv yo'lga qo'yildi. Xulosa o'rnida 
ta'kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik sohasida ijobiy va 
o'zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar 
natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model’ turli 
millat va din vakillari o'rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va 
barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. 
Shu ma'noda, so'nggi yillarda O'zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida 
amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va 
strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning 
muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, barqaror 
rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda 
hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini 


ta'minlashdan iborat. Bu borada Asosiy qonunimiz — Konstitutsiya nafaqat jamiyat va davlat 
taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda 
yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy 
bandlari rivojlangan jamiyatlarning huquqiy me’yorlariga mos keladi. Konstitutsiyaning 18, 31 
va 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi 
tahriri 1998-yil 1-mayda qabul qilingan) har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki 
hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlovchi, diniy qarashlami majburan 
singdirishni ta’qiqlovchi bandlari milliy, irqiy va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, jamiyatning 
barcha a’zolari o‘rtasidagi totuvlikni hayotga tatbiq etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat 
qilmoqda. Din davlat siyosatiga aralashmaydi, shu bilan birga har qanday din, avvalo, ma’naviy-
axloqiy hodisa bo‘lib, u muayyan bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini 
to‘laligicha o‘zida majassamlashtirishga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o‘z maqsad va 
vazifalaridan chetlashib ketadi. Ana shulardan kelib chiqib, mamlakatda diniy siyosiy partiyalar 
tuzish taqiqlanadi. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan O‘zbekistonda barcha dinlarga bir 
xil va teng munosabatda bo‘lish bugun hayotiy voqelikka aylandi. Din va davlat munosabatlarini 
muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, davlat 
organlarining mamlakat hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan aloqasini amalga oshirish, 
diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va sabr-toqatlilikni 
mustahkamlash siyosatini o‘tkazish, mamlakatda va chet ellarda diniy tashkilotlar o‘rtasida 
aloqalar o‘matilishini tashkil etish, fuqarolaming mamlakatdan tashqaridagi muqaddas joylarga 
ziyoratga borishi, xalqaro anjumanlar o‘tkazilishini uyushtirishdan iborat. O‘tgan davr 
mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag‘rikenglikning 
muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta’minlandi.
Ushbu siyosat doirasida, turli millat va elatlar vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmatga 
asoslangan munosabatlarni shakllantirish boʻyicha yangi institutsional tizim joriy etildi. 
Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan 
doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etildi. 
Eʼtiborli jihati, ushbu islohotlar inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan 
kafolatlangan diniy va millatlararo munosabatlar sohasida umumeʼtirof etilgan huquq va 
erkinliklarni, yurtimizdagi hozirgi diniy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari va bevosita 
Oʻzbekiston sharoitida konfessiyalararo va millatlararo munosabatlar shakllanishining tarixiy 
sharoitlarini ham hisobga olgan holda olib borilmoqda. Ushbu omillarni inobatga olish zarurati 
mamlakatimizda yashovchi turli millatlar va elatlar vakillari oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va 
hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini mustahkam saqlash, ularning diniy eʼtiqodlari va 
milliy his-tuygʻularini hurmat qilishni taʼminlashning muhimligiga asoslanadi. 
Shu nuqtai-nazardan qaralganda, Oʻzbekistondagi barqarorlikni hamda davlat va jamiyat 
taraqqiyotini mamlakatda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat vakillarining oʻzaro 
totuvligisiz, rasman roʻyxatdan oʻtgan 16 ta din va konfessiya vakillari oʻrtasida bagʻrikenglik 
munosabatlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. 
Alohida taʼkidlash lozimki, xalqaro hamjamiyat ham mamlakatimizning millatlararo 
totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasidagi faoliyatini yuqori baholamoqda va 
Oʻzbekistonning bu boradagi tajribasiga katta qiziqish bilan qaramoqda. Xususan, Oʻzbekiston 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-


sessiyasida ilgari surgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” deb nomlangan maxsus 
Rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi muhim xalqaro qadam sifatida eʼtirof etildi. Mazkur 
hujjat barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga 
koʻmaklashish, eng muhimi, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni 
taʼminlashga qaratilgani bilan eʼtiborga molikdir. Bularning barchasi Oʻzbekistonda diniy 
bagʻrikenglik va millatlararo munosabatlar sohasida yangicha yondashuv hamda strategik 
maqsadni birlashtirgan tizim shakllanganidan dalolat beradi hamda bu tinchlikni saqlash, 
fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratishi shubhasiz. 

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling