7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroni yagona


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroni yagona 
Vatan, baxt-saodat uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning 
bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak 
fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu 
muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining 
bosh maqsadidir». 


Ta’kidlash joizki, milliy istiqlol g‘oyasining ijtimoiy vazifasi bilan «Milliy istiqlol 
g‘oyasi» fanining vazifasi ham bir-biridan farq qiladi. Bu farqlar g‘oyaning inson va jamiyat 
hayotidagi vazifasi bilan fanning ijtimoiy tafakkur va ta’lim-tarbiya tizimidagi vazifasi 
o‘rtasidagi o‘ziga xoslikka asoslanadi.
Tarixiy taraqqiyot tajriibasi shuni ko‘rsatadiki, yagona maqsad va g‘oyasiz jamiyat 
inqirozga uchraydi va ichki hamda tashqi dushmanlarning osongina o‘ljasiga aylanadi. Milliy 
istiqlol mafkurasi ming yillik o‘tmishni O‘zbekiston xalqlarining buyuk kelajagi bilan 
bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. U odamlarni yagona umumiy maqsad – respublika 
mustaqilligini mustahkamlashda, Vatan ravnaqi, millat va elatlar, Respublikada istiqomat 
qilayotgan turli dinlar nomidan birlashtiradi. Kelajak bilan bog‘laydigan, ana shu yuksak maqsad 
yo‘lida 130 dan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni birlashtiruvchi bayroq 
vazifasini bajaradi. Milliy istiqlol g‘oyasining roli va ahamiyati har xil fundamentalistik va 
ekstremistik oqimlarning xavfi oldida, ayniqsa, dolzarbdir. Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi 
suverenitetining barqarorligi va mustahkamligi, avvalo, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosiy va ma’naviy-axloqiy hayotini bozor munosabatlari sharoitida demokratik jamiyat qurish 
yo‘lida barqarorlashtirish bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasining eng 
muhim vazifasi yosh avlodni vatanparvarlik, o‘z Vataniga sadoqat va muhabbat ruhida 
tarbiyalashdir.

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling