7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli 
kuch – milliy mustaqillik mafkurasi hisoblanadi. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekiston 
Respublikasining ko‘p millatli xalqininig o‘tmishini saqlab va uni rivojlantirishdek buyuk 
maqsadni o‘zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish, deb 
qaraydi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish yo‘lida 
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlardagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarning 
oldini olishni muhim vazifa qilib qo‘yadi. Shu maqsadda xalqning milliy an'analariga, 
udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat
adolat, ma’rifat tuyg‘ularini kishilar ongiga singdirish lozim bo‘ladi.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-apreldagi «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi 
bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor ziyolilardan iborat ishchi 
guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi Mazkur konsepsiyada 
mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks 
etgan. Yurtimizda tinchlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni 
mustahkamlash, demokratik tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari
qonun ustuvorligi va adolat, moddiy hamda ma’naviy hayotning barobar rivojlanishi o‘z 
ifodasini topgan. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» degan ulug‘ maqsad bosh g‘oya sifatida 
maydonga chiqmoqda. 
2. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. 
 Mustaqillik o‘zbek xalqi uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyat bo‘lib, milliy o‘zligi, or-
nomusi, g‘urur-iftixori timsoli, ezgu orzu-intilishlari, yutuq va marralarining hayotbaxsh 
manbayi sifatida barcha vatandoshlar qalbidan mustahkam o‘rin egalladi. Xalqimizning 
mamlakat o‘tmishiga, boy tarixiy merosiga, ma’naviy qadriyatlar va an’analarga bo‘lgan 
munosabat tubdan o‘zgardi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - 

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling