7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

yengilmas kuch” kitobida ta’riflanganidek, “Insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga 
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun 
qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch - Ma’naviyatga eng ustuvor yo‘nalishlardan 
biri sifatida e’tibor qaratildi. Mustaqillik tufayli tarixiy haqiqatlar tiklandi, milliy bayramlar va 
urf-odatlar asl holiga qaytdi, aziz avliyolarning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish 
arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi, milliy madaniyat 
tarixini o‘rganish, u haqda xolisona fikr bildirish borasida, osori-atiqalarni asrash, milliy 
qadriyatlarni tiklash, qadimiy va o‘zlikni to‘liq anglash uchun qadimiy boy tarixni to‘laqonli 
yoritish imkoniyati tug‘ildi. 
Jahon madaniyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ajdodlar tavalludlarini 
nishonlash izchil an’anaga aylandi. Birinchi Prezident I. Karimov tashabbusi bilan buyuk 
allomalar tavallud sanalari nishonlandi. Jumladan, 1991-yili Alisher Navoiy, 1993-yili Ahmad 
Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahouddin Naqshband, 1994-yili Mirzo Ulug‘bek, 
1995-yili Feruz, Najmiddin Kubro, 1996-yili Amir Temur, 1998-yili Imom al-Buxoriy, Ahmad 


al-Farg‘oniy, 1999-yili Jaloliddin Manguberdi, 2000-yili Burhonuddin al-Marg‘inoniy, 
Kamoliddin Behzod, Imom Abu Mansur al-Moturudiy kabi mutafakkirlarga bag‘ishlangan 
tantanalar o‘tkazildi.
Ajdodlar merosini o‘rganish, xususan, jadidchilik namoyandalari Munavvarqori, 
Ubaydulla Xo‘jayev, M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat, Cho‘lpon, Ishoqxon Ibrat, A.Qodiriy 
merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ajdodlar merosini o‘rganishning ma’naviy 
va huquqiy asoslari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etila boshlandi. 1998-yilda Ahmad al-
Farg‘oniyning 1200 yilligini nishonlash o‘zlikni, qadriyatlarni anglash yo‘lidagi yana bir voqea 
bo‘ldi. Ulug‘ ajdodlar tavallud sanalarini o‘tkazish bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy tajribalar 
vujudga keldi. Shuningdek, qadimgi ajdodlarning ezgu g‘oyalari, milliy davlatchilik an’analari, 
turmush tarzi va mentalitetini aks ettirgan “Avesto” kitobi o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini 
topdi. Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan ma’naviy merosni tiklash, har 
tomonlama o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi keng ko‘lamli ishlar doirasida ushbu kitob ham 
xalqning ma’naviy mulkiga aylantirildi. 2001- yili “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi 
respublika va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan “Avesto”ning to‘liq 
matni o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda buyuk 
allomalarning tavallud sanalarini nishonlash: 
1991-yil Alisher Navoiy – 550 yil 
1993-yil Ahmad Yassaviy – 950 yil 
Zahiriddin Muhammad Bobur – 510 yil 
Bahouddin Naqshband – 675 yil 
1994-yil Mirzo Ulug‘bek – 600 yil 
1995-yil Feruz – 50 yil 
Najmiddin Kubro – 850 yil 
Mahmud az-Zamaxshariy – 920 yil 
1996-yil Amir Temur – 660 yil 
1998-yil Imom al-Buxoriy – 1225 yil 
Ahmad al-Farg‘oniy – 1200 yil 
1999-yil Jaloliddin Manguberdi – 800 yil 
2000-yil Burhonuddin al-Marg‘inoniy – 910 yil 
Kamoliddin Behzod – 545 yil 
Imom Abu Mansur al-Moturudiy – 1130 yil 
2003-yil Abduholiq G‘ijduvoniy – 900 yil 
2004-yil Hoja Ahror Valiy – 600 yil 
2000-yili poytaxtning Yunusobod tumanida qatag‘on yillarida xalqning minglab asl 
farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, necha yillar davomida qarovsiz qolib 
ketgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvastiko‘prik deb nom olgan jarlik o‘rnida “Shahidlar xotirasi 
xiyoboni” va keyinchalik shu nomda muzey va jamg‘arma tashkil qilindi va 2001-yildan 
e’tiboran 31-avgust kuni mamlakatda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida 
nishonlanadigan bo‘ldi. Har yili 31 avgust tongida bu maskanda xalqning qadimiy urf-odatlariga 
ko‘ra osh tortilib, Qur’on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik 
vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi 
ibratli an’anaga aylandi. Ko‘plab Sharq allomalarining nodir asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 
nashr etildi. Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketgan yurtdoshlaming nomi abadiylashtirildi. Diniy 

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling