7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari: -vatan ravnaqi;-yurt tinchligi;-xalq 
farovonligi; ijtimoiy hamkorlik; millatlararo totuvlik; dinlararo bag‘rikenglik tushunchalari 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2001-yil 4-yanvardagi «Milliy 
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» haqidagi farmoyishi asosida mamlakatimiz 
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida mazkur o‘quv kursi joriy qilindi. 
Mustaqillik yillarida Respublikada yosh avlodni ma’naviy, mafkuraviy tarbiyalashga 
katta e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbek davlatchiligi tarixida axloqiy tarbiya doimo e’tibor 
markazida bo‘lib kelgan. Shoirlar ta’biri bilan aytganda, “O‘zbek ma’naviyati jahon 
madaniyatini bezab turgan gultojlardan biridir”.
Bozor munosabatlariga o‘tish, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish sharoitida ma’naviyat va 
ma’rifat markazlari ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda. "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasiga 
tayanib ko‘rilgan tadbirlar jamiyatda yuksak milliy madaniyat, milliy g‘oya, milliy istiqlol 
mafkurasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Milliy istiqlol mafkurasi ko‘p millatli 
O‘zbekiston xalqining azaliy orzu-intilishlariga, erkin va obod Vatan, munosib va farovon hayot 
yaratish yo‘lidagi hayotiy ideallariga asoslanadi. Ushbu mafkura umummilliy hodisa va doimiy 
takomillashib boruvchi tizim bo‘lib, O‘zbekistonda yashovchi barcha odamlarni birlashtira 
oladigan, xalqimizning orzu-umidlari va e’tiqodlarini aks ettiradigan, ular tanlagan taraqqiyot 
yo‘liga tayanadigan, uning mentaliteti, turmush tarzi va asosiy manfaatlarini inobatga olgan 
qudratli rag‘bat vazifasini bajaradi. Milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. 
U xalqning yuksak ma’naviyatini, axloqi, urf-odatlari va ajdodlarning asrlar davomida shakllanib 
kelgan buyuk merosini o‘zlashtira borishga asoslanadi. Milliy istiqlol mafkurasi jamiyatning 
barcha a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagiga erishish 
uchun safarbar etishga qaratilgan. U millatidan, til va diniy mansubligidan qat’i nazar, har bir 
fuqaroda g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini, Vatanga muhabbat, o‘zaro hurmat, mustaqillik va 
demokratiya g‘oyalariga sadoqatni tarbiyalaydi va fikrlarning plyuralizmiga va vijdon 
erkinligiga tayanib, ma’rifat orqali jamoatchilik ongini shakllantiradi. Shunga qaramay, Asosiy 
Qonunimizda qayd etilganidek: ”O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, 


mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi 
sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”(12-modda). 
Ma’naviy rivojlanish mamlakatimiz ichki siyosatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib uning 
maqsadi - jamiyatning birligi, barqarorligi va uyg‘un rivojlanishini ta’minlashdir. Zotan, 
jamiyatning rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan ma’naviy qadriyatlarga, ularning jamiyat hayotida 
tutgan o‘rniga bog‘liqdir. Kishilarni qaysi toifa va guruhda bo‘lishidan qat’i nazar ma’naviy 

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling