7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


bayramlar - Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, xalqning qadimiy bayrami - Navro‘z tiklandi


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

bayramlar - Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, xalqning qadimiy bayrami - Navro‘z tiklandi. 
Shu yo‘sin mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘ziga xos samarali tizimi yuzaga keldi. 


Respublikaning barcha viloyat, yirik shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-
ma’rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil, “Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Mehrjon” 
bayramlari, “Sharq taronalari” xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb 
ustalarining ko‘rik tanlovlari, “O‘zbekistonVatanim manim”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Kelajak 
ovozi”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazib kelinmoqda. 
Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar xalqining betimsol 
boyligi, istiqlolning mustahkam poydevori va porloq istiqbol kafolatidir. Bugungi globallashuv 
davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo‘lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot 
g‘oya va mafkura, salbiy illatlar ta’siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda 
ajdodlaming orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o‘zida mujassam etgan bunday bebaho 
boylikni ko‘z qorachig‘iday asrash va uni ulg‘ayib kelayotgan avlodning ong-u shuuriga chuqur 
singdirish vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy an’analarga sadoqat, 
ajdodlardan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish 
mustaqil siyosat va milliy g‘oyaning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Tarix va 
madaniy meros millatning asosiy boyligi. Shu bois, madaniy merosga munosib voris bo‘lish 
uchun urf-odat va an’analarni asrab-avaylabgina qolmay, ularni yanada takomillashtirish lozim. 
Birinchi Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalar singari milliy madaniyat, 
san’atni izchil rivojlantirish, bu boradagi an’analami davom ettirish, uning eng yaxshi 
namunalaridan xalqni bahramand etish, ijodkorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur 
sharoit va imkoniyatlami yaratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Bu jarayonda 
turli vazirlik va idoralar, muassasalar, ijodiy birlashmalar bilan birgalikda jamoat tashkilotlari 
ham faol ishtirok etmoqda. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining 
faoliyati buning dalilidir.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda madaniyat, fan va ta’lim sohasida avvalgi davr bilan 
taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yutuqlarga erishildi. Chunonchi, mamlakatning barcha 
viloyatlari uchun an’anaviy bo‘lgan hunarmandchilikka e’tibor kuchaytirilib, bu soha davlat va 
jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quwatlanib kelinmoqda. Milliy hunarmandchilik sohasi an’ana 
va udumlarini tiklashga o‘z hissasini qo‘shayotgan kishilarni rag‘batlantirish maqsadida 
Prezident va hukumatning milliy hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilarni 
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bir qator farmon va qarorlari qabul qilingani bunga misol b o‘la 
oladi. 

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling