7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


 Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

3. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. 
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart 
kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va 
sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini 
shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash 
masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu videoselektorda 
davlatimiz rahbari Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan 
iborat ekanligini qayd etib o‘tdi. Shu ma’noda bugungi yoshlarimizning ta’lim olishi, kasb-
hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilganligini hisobga olib, ularning 
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib Prezident Sh. MIrziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy 
sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari 
surgan edi. 
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa 
turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon 
qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. 
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan 
samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni 
keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. 
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. 
Ana shu ezgu gʻoya Prezidentining Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa 
vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 
300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu 
asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom 
ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport 
jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus 
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bugungi kunda 
mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga 
atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, ushbu muassasalarning aksariyati oʻquv 
qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada 
taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi. 


Prezident Sh. MIrziyoyev joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat 
maktablarining moddiy-texnika bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning 
faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga 
hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida 
yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil qilish vazifasi 
qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat 
markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil 
qilish zarurligi taʼkidlandi. 
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular 
boʻyicha tarix darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor 
oʻtkazilmoqda. 
Mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy 
tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim 
maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, 
jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni 
tashkil etadi, xolos. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-
tadbirlar belgilab berildi. 
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport 
zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari 
tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” 
tomonidan “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling