7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


«Тoshkent – islom madaniyati poytaxti»


Download 402.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana15.11.2023
Hajmi402.09 Kb.
#1776242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 mavzu

«Тoshkent – islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi mamlakatimizda islom 
madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biridir.
2007 yil – Islom konferensiyasi tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bo‘yicha muassasasi – AYSESKO (ISESSO) tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyatining 
2007-yildagi poytaxti deb e’lon qilindi. Sharq darvozasi deb nom olgan azim Toshkentning ana 
shunday yuksak maqomga erishgani nafaqat xalqqa, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do‘stlarga 
ham g‘urur va ifltixor bagishladi. 2007-yil 14-15-avgust kunlari Toshkent va Samarqand 
shaharlarida Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishiga 
bag‘ishlangan “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida 
xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda 30 dan ortiq davlatlardan kelgan olimlar qatnashdi. 
Toshkent bilan bir qatorda Fes (Marokash), Tripoli (Liviya), Dakar (Senegal) shaharlari ham 
«Islom madaniyatining poytaxti», deb e’lon qilindi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu 
e’tirofni «o‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan 
munosib baho», deb ta’riflagan edi. Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada 


avj oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan qayta ta’mirlandi, 
yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, unda ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat 
mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. Ko‘kaldosh madrasasi (16-asr), Shayx Zayniddinbobo (13–19-
asrlar), Zangiota (14–20-asr), Xo‘ja Alambardor (19-asr), Shayx Xovandi Tohur (15-asr), 
Yunusxon (15-asr) maqbaralari, Abulqosim madrasasi (19-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007 
yil 14–15 avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonnning islom sivilizasiyasi 
rivojiga qo‘shgan hissasi» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. 
Bugungi kunda respublikamizda 17 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi. Shuningdek, 1,7 mingdan 
ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan 
qurildi. Umuman olganda, turli dinlarga e'tiqod qiluvchilar o‘zaro tinch-totuv yashamoqdalar. 
Buning zamirida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat 
kasb etadi.

Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling