7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja
Download 402.09 Kb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar
- Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish
7-Mavzu. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja: 1. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. 2. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi. 3. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni. 4. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Tayanch so‘z va iboralar: Ma’naviy va ma’rifiy islohotlar. Milliy meros. Milliy qadriyatlar. “Islom madaniyati poytaxti”, Ta’lim islohotlari. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Milliy model. Mustaqillik mafkurasi. Milliy istiqlol g‘oyasi. Ilm-fan. San’at. Diniy bag‘rikenglik va barqarorlik. 1. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar Jamiyat taraqqiyotida shiddat bilan ro‘y bеrayotgan o‘zgarishlarni tushunish va anglab еtish, ushbu voqеa va hodisalarga o‘z munosabatini bildirish, hamda oqilona yondashish, ayniqsa bugungi globallashuv davrida hurfikrlilikka еtaklovchi g’oyaviy qarashlar har qachongidan ham muhimroq bo‘lib bormoqda G‘oya - o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy xususiyatga ega. Odatda, g‘oya dastlab bir shaxsning ongida shakllanadi, so‘ng, ijtimoiy dolzarbligiga qarab, odamlar, xalqlar, millatlar orasiga yoyiladi. Fikr bilan g‘oyaning farqini ifoda etgan ushbu fikrdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, g‘oya oddiy munosabat ifodasi bo‘lish bosqichidan butun bir xalqni, butun bir jamiyatni va hatto butun sivilizatsiyani olg‘a boshlovchi kuchga aylanish bosqichigacha bo‘lgan takomil yo‘lini bosib o‘tishi mumkin. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekiston respublikasining ko‘p millatli omilini saqlab qolishi va uni rivojlantirishdek buyuk maqsadni o‘zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish deb qaraydi. Respublika mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlash jarayonida suveren O‘zbekiston Respublikasining mafkurasini shakllantirish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A. Karimov 1993 yil 7 mayda II chaqiriq Oliy Kengashning XII sessiyasidagi nutqida milliy ongni rivojlantirishni milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishning ajralmas qismi deb atadi. Bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyatni yangi tafakkur va g‘oyaviy tiklanishsiz amalga oshirish mumkin emas va busiz mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishishni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi. Shuningdek, I.Karimov milliy istiqlol mafkurasining mohiyati haqida gapirib, yangi mafkuraning mazmuni eski mafkuraviy dogmalardan xalos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi mustaqil mafkurasi bilan qurollangan shaxsni tarbiyalashdan iborat ekanligini ta’kidladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining maqsadini shunday ta’riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, Download 402.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling