Tarmoq skanerini tadqiq qilish


Download 0.64 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1580627
Bog'liq
Tarmoq fgh

TARMOQ SKANERINI TADQIQ QILISH

Reja:

1.Axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.

2.Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.

3.Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.


Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo‘llari. Konsepsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechish yo‘llari asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi. Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qanday real boyliklar, ishlab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob`ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob`ektga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar tahlil qilinishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So‘ngra, niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob`ektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlil qilish lozim.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir.
Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin: Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network); Mintaqaviy tarmoqlar- ( MAN–Metropolitan Area Network); Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);
Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q. Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab kilometrni etadi.

Tarmoq miqyosi (o’ljami)


XULOSA
Xulosa o’rnida shuni takidlash joizki tarmoqdagi skanerni tahlil qilib shunday ma’lumotlarga ega bo’ldim.
IP-skaner bu foydalanuvchining mahalliy tarmog'ida mavjud qurilmalarni topishni osonlashtiradigan ajralmas vositadir. Barcha ma'lumotlar avtomatik ravishda olinadi va mahalliy tarmoqda topilgan kompyuterlar va boshqa qurilmalar haqida batafsil ma'lumot mavjud. IP-qurilma skaneri bir vaqtning o'zida bir nechta muhim vazifalarni bajarishga imkon beradi. IP-manzil skaneri foydalanuvchi tarmoqlariga ulangan barcha qurilmalar va ushbu qurilmalardagi ochiq portlar haqida ma'lumot beradi. Muayyan qurilmaning tarmoqqa zararli yoki zararli ekanligini masofadan tekshirishingiz mumkin.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling