Ta’kidlash joizki, milliy istiqlol g‘oyasining ijtimoiy vazifasi bilan «Milliy
istiqlol
g‘oyasi» fanining vazifasi ham bir-biridan farq qiladi. Bu farqlar g‘oyaning inson va
jamiyat
hayotidagi vazifasi bilan fanning ijtimoiy tafakkur va ta’lim-tarbiya tizimidagi vazifasi
o‘rtasidagi o‘ziga xoslikka asoslanadi.
Tarixiy taraqqiyot tajriibasi shuni ko‘rsatadiki, yagona maqsad va g‘oyasiz jamiyat
inqirozga uchraydi va ichki hamda tashqi dushmanlarning osongina o‘ljasiga aylanadi. Milliy
istiqlol mafkurasi ming yillik o‘tmishni O‘zbekiston xalqlarining buyuk kelajagi bilan
bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. U odamlarni yagona umumiy maqsad –
respublika
mustaqilligini mustahkamlashda, Vatan ravnaqi,
millat va elatlar, Respublikada istiqomat
qilayotgan turli dinlar nomidan birlashtiradi. Kelajak bilan bog‘laydigan, ana shu yuksak maqsad
yo‘lida 130 dan ortiq millatlar va elatlarni, barcha kishilarimizni
birlashtiruvchi bayroq
vazifasini bajaradi. Milliy istiqlol g‘oyasining roli va ahamiyati har xil fundamentalistik va
ekstremistik oqimlarning xavfi oldida, ayniqsa, dolzarbdir. Shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi
suverenitetining barqarorligi va mustahkamligi, avvalo, respublikaning
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy-axloqiy hayotini bozor munosabatlari sharoitida demokratik jamiyat qurish
yo‘lida barqarorlashtirish bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasining eng
muhim vazifasi yosh avlodni vatanparvarlik, o‘z Vataniga sadoqat va muhabbat ruhida
tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: