- aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash 84 foizga, shu jumladan, qishloq joylarda 77 foizga etdi; - tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha o‘sdi. Ta’lim sohasida ham aniq maqsadli umummilliy ijtimoiy dasturlar amalga oshirilib, o‘tgan yil davomida quyidagi salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi: - yangi qurilish va kapital rekonstruksiya qilish hisobdan eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari jihozlangan 169 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta akademik litsey hamda 336 ming nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 558 ta umumta’lim maktabi ishga tushirildi; - 170 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 27 ta sport inshooti, 143 ta maktab sport zali barpo etildi. Prezidentimiz o‘tgan yil davomida yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi ishlarni sarhisob qilib, bu borada quyidagi erishilgan natijalar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni alohida ta’kidlab o‘tdi: - mamlakatimizda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi keyini 10 yilda qariyb 20 foizga kamaydi; - go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yangi tug‘ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa nibatan 23 tadan 13 taga tushdi va birgina 2007 yilning o‘zida 11 foizga kamaydi; - 2007 yilda Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilinib, u hozirda amalga oshirilmoqda; - tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha bo‘g‘inlari qayta ko‘rib chiqilmoqda; - davolash-profilaktika muassasalari tarmog‘ini qayta tashkil etilmoqda; - viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari barpo etilmoqda; - qishloq vrachlik punktlari mustahkamlanib, ularning, avvalo, qishloq joylarda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda; - aholiga yuksak texnologik, noyob tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i kengaytirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |