«Ma’lumki, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni bepul sigir ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006 yildan hozirga qadar ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijada 2009 yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni 1 million 100 mingdan ko‘proqni tashkil etdi. SHulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi». - «Ma’lumki, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni bepul sigir ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006 yildan hozirga qadar ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijada 2009 yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni 1 million 100 mingdan ko‘proqni tashkil etdi. SHulardan 54 ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi».
- YAlpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
- YAngilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. YOrdam tizimi faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo‘llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg‘armalarning mablag‘laridan ham foydalaniladi.
- Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. SHu maqsadda mahallalarda byudjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar hosil qilindi.
- Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimi mehnatga rag‘batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo‘lishini ham taqozo qiladi. SHunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
- Jumladan, yaqin uch yil ichida ish haqini 2-2,5 barobar oshirish bo‘yicha qo‘yilgan strategik vazifaga muvofiq, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,5 barobar ko‘paytirildi. 2007 yilning dekabrida o‘rtacha oylik ish haqi, xo‘jalik sub’ektlari va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollari miqdoriga teng, 2008 yilda esa 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. 2006 yildan boshlab umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va shifokorlar mehnatiga haq to‘lashning yanada takomillashtirilgan tizimijoriy etildi. Natijada keyingi ikki yilda ularning ish haqi miqdori tegishli ravishda 2,8 va 2,7 barobar oshirildi.
- Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 27-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |