7-mavzu O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy uzgarishlar. Reja: Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistondaijtimoiysiyosatningasosiyyo‘nalishlari. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari


Download 1.63 Mb.
bet4/11
Sana05.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#226980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy uzgarishlar

Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Bu esa, o‘tgan davrda qator ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish imkonini berdi. Jumladan:

  • Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Bu esa, o‘tgan davrda qator ijobiy o‘zgarishlarni qo‘lga kiritish imkonini berdi. Jumladan:
  • - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Samarqand va Buxoro, Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi;
  • - qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi;
  • - aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash 84 foizga, shu jumladan, qishloq joylarda 77 foizga etdi;
  • - tabiiy gaz bilan ta’minlash 82 foiz, qishloqlarda esa 77 foizgacha o‘sdi.
  • Ta’lim sohasida ham aniq maqsadli umummilliy ijtimoiy dasturlar amalga oshirilib, o‘tgan yil davomida quyidagi salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi:
  • - yangi qurilish va kapital rekonstruksiya qilish hisobdan eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari jihozlangan 169 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta akademik litsey hamda 336 ming nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan 558 ta umumta’lim maktabi ishga tushirildi;
  • - 170 ta bolalar sporti ob’ekti, jumladan, 27 ta sport inshooti, 143 ta maktab sport zali barpo etildi.
  • Prezidentimiz o‘tgan yil davomida yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi ishlarni sarhisob qilib, bu borada quyidagi erishilgan natijalar hamda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni alohida ta’kidlab o‘tdi:
  • - mamlakatimizda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi keyini 10 yilda qariyb 20 foizga kamaydi;
  • - go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yangi tug‘ilgan har 1000 nafar chaqaloqqa nibatan 23 tadan 13 taga tushdi va birgina 2007 yilning o‘zida 11 foizga kamaydi;
  • - 2007 yilda Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilinib, u hozirda amalga oshirilmoqda;
  • - tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha bo‘g‘inlari qayta ko‘rib chiqilmoqda;
  • - davolash-profilaktika muassasalari tarmog‘ini qayta tashkil etilmoqda;
  • - viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari barpo etilmoqda;
  • - qishloq vrachlik punktlari mustahkamlanib, ularning, avvalo, qishloq joylarda kasalliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda;
  • - aholiga yuksak texnologik, noyob tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i kengaytirilmoqda.
  • 29.12.2010
  • 29.12.2010

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling