7-mavzu O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy uzgarishlar. Reja: Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistondaijtimoiysiyosatningasosiyyo‘nalishlari. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari


Download 1.63 Mb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#226980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy uzgarishlar

SHuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirildi.

  • SHuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirildi.
  • Bu borada Prezidentimiz I.Karimov «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan quyidagi ishlar hamda qo‘lga kiritilgan natijalarni ta’kidlab o‘tdi:
  • - aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida barcha manbalar hisobidan jami 483600 mln. so‘m, jumladan, 213200 mln. so‘m byudjet mablag‘i, 270400 mln.so‘m miqdorida grantlar, ijrochilar hamda homiylar mablag‘i sarflandi;
  • - 15 ta maxsus maktab-internat va «Mehribonlik» uylarida jami 4800 mln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarildi;
  • - davlat byudjetidan 4600 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarflanib, 28 ta «Mehribonlik» uyi hamda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 114 ta zamonaviy avtobus, 4 ta oilaviy bolalar uyiga «Damas» mikroavtobusi berildi;
  • - yosh oilalarning muammolarini echish, avvalo, uy-joy sotib olish va imorat qurish, ro‘zg‘orni butlashga ko‘maklashish maqsadida tijorat banklari tomonidan 57500 mln. so‘mlik ipoteka va iste’mol kreditlari ajratildi va h.k.
  • SHuningdek, Prezidentimiz aholini ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar 2008 hamda kelgusi yillarda ham davom ettirilishini ta’kidlab, bu yo‘nalishda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, agar ijtimoiy sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar davlat byujetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 54,6 foiz darajasida bo‘lishi ta’kidlandi.
  • 2008 yilda «ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va foydalanishga topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o‘rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. SHu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. SHular qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turar-joy binolari va boshqa ob’ektlar qurildi». Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Асосий мақсадимиз – юртимизда эркин ва обод, фаровон ҳаёт барпо этиш йўлини қатъият билан давом эттиришдир. Президент И.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси // Халқ сўзи, 2007 йил 8 декабрь.
  • Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.
  • Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 21-б.
  • 29.12.2010
  • 29.12.2010

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling