7-mavzu. Payvand birikmalar. Reja: Umumiy ma’lumot. Uchma-uch birikmalar


Download 1.12 Mb.
bet2/6
Sana02.01.2022
Hajmi1.12 Mb.
#194612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Payvand

Uchma – uch birikma
Detallarning bir tekislikda joylashgan ikki uchini bir-biriga uchma-uch payvandlash natijasida uchma-uch birikma hosil bo’ladi. Bunday birikmadagi payvand chok uchma-uch chok deyiladi.

Detallarni uchma-uch chok vositasida ulash payvand birikmalarning eng oddiy va pishiq turidir.

Ulanadigan elementlarning qalinligiga qarab, uchma-uch chok har xil shaklda bo’lishi mumkin (13-shakl).

Shuni nazarda tutish kerakki, 13-shaklda dastaki payvandlangan hol keltirilgan, detallar avtomatik payvandlanadigan hollarda elementlarning qalinligi birmuncha katta, kertish burchaklari esa kichikroq qilinadi. .

Odatda, ulanadigan detallarning uchlari maxsus ishlovdan o’tka­zilib, payvandlash uchun tayyorlanadi. Bu ish ancha og’ir bo’lsa-da, birikmalarning sifatini yaxshilaydi va qo’yilgan talablarni to’la qondiradi. Payvand choklarning mustahkamligini hisoblashda chok­ning ko’ndalang kesimiga ta`sir etayotgan kuchlanish qiymati uning hamma nuqtalarida bir xil deb qabul qilinadi. Tajriba shuni ko’r­satdiki, uchma-uch choklar uchun bunday qilinishi hisoblashning aniq­lik darajasiga deyarli ta`sir etmaydi. Uchma-uch birikmaga cho’zuvchi kuch ta`siridan detallarning ko’ndalang kesimida qanday kuchla­nish hosil bo’lsa, payvand chokda ham shunday kuchlanish hosil bo’ladi. Shuning uchun payvand chok ham cho’zilish yoki siqilishga quyidagicha hisoblanadi:

. (22)
bu yerda l - chokning hisoblash uchun qabul qilingan uzunligi; s - listning payvand qilingan joyidagi qalinligi; ['] - chok ma­teriali uchun ruxsat etilgan kuchlanish. Bu kuchlanishning qiymati payvandlash usuli va elektrodlarning sifatiga bog’liq (7- jadval).

['] ning payvandlangan listlar uchun ruxsat etilgan kuchlanish [] ga nisbati uchma-uch chokning mustahkamlik koeffisienti deb ataladi:


['] / [] (23)
ning qiymati 0,9 bilan 1,0 oralig’ida bo’lishi mumkin. Bu degan so’z listlar uchma-uch ulanganda payvand chokning mustahkamligi list­ning mustahkamligiga deyarli teng bo’ladi, demakdir. Agar biror sa­babga ko’ra, uchma-uch chokning mustahkamligini oshirish za­rur bo’lib qolsa, u holda bir tomonga og’dirish hisobiga chok uzaytiriladi (14­-shakl). Bunday chokning mus­tahkamligi ham ['] = [] deb qabul qilingan holda, (22) formula vositasida hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, avtomatik payvandlash yo’li bilan hosil qilingan choklarning ko’pchiligi uchun ['] = [] desa bo’ladi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling